Til

Mumtoz oila

Siyosat haqida har bir odamda aniq va muxtasar ilm bölsa, yaxşi böladi. Siyosat ilmidan xabardorlik insonni…

Siyosat haqida har bir odamda aniq va muxtasar ilm bölsa, yaxşi böladi. Siyosat ilmidan xabardorlik insonni… — rasm

Siyosat haqida har bir odamda aniq va muxtasar ilm bölsa, yaxşi böladi. Siyosat ilmidan xabardorlik insonni dunyo hayotidagi köp balolardan saqlanişiga sabab bölsa, ajab emas. Siyosat sayislik sözidan olingan. Otboqar arab tilida sayis deyiladi. Otboqar otlarni komil tuşunadigan şaxs, ot tilini bilişi lozim. Siyosatçi ham odamlarni – xalqni biladigan va ularni yaxşilik yölida boşqaradigan kişidr. Har bir erkak rahbar qilib yaratilgan – har bir erkak öz oilasida rahbar va siyosatçidir. Xotin-bola-çaqasini töğri yöldan yetaklab boriş har bir erkakka ham nasib etavermaydi. Şu sababli ham siyosat ilmini biliş kerak. Davlat siyosati – davlat işlarini taşkil qilişdir. Davlatning uç asosiy vazifasi mavjud – xalqni taşqi duşmandan qöriqlaş; içki duşmandan himoyalaş; nizolarni hal etiş. Taşqi duşman – yurtni bosib, elni qul qiladigan bosqinçidir. Uni içkariga kiritmaslik – davlatning vazifasi. Bosqinçi faqat yer va boyliklarga emas, balki odob-axloq va şon-şarafga ham hujum qiladi. Içki duşman – jinoyatçilar: öğrilar, qotillar va duşman josuslaridir. Mazlumni zolimdan himoya qiliş ham şu bandga oiddir. Nizo – odamlar örtasida paydo böladigan kelişmovçiliklar, ularga qozilik qiliş ham davlatning haqqi. Davlatning qöşimça işlari, fazilatlari – obodonçilik, ijtimoiy yordam, adabiyot-san’atni rağbatlantiriş, ilm ahlini qöllab-quvvatlaş. Davlat özining uç vazifasini komil şaklda bajarsa, qolgan işlarni xalqning özi bajaradi. Davlat işlarini hukumat amalga oşiradi. Hukumat a’zolari odamlardan iborat. Birinçi rahbardan boşlab eng quyidagi amaldorgaça – hammasi hukumat mansubidir. Inson – xatokor. Insonning qarorlari xatodan xoli emas. Demak, davlat va hukumatdan doimo töğri işni kutiş va xato sodir bölsa, darhol ayblaş aqlga töğri kelmaydi. Hukumat öz işini töğri bajarişi uçun odamlar yordam berişlari lozim – bu yordamni ilm va ma’rifat ahli bera oladi. Ular davlat işini yaxşilaş uçun odob va axloq ila öz fikrlarini bayon qilişadi va rahbarlarga eşittiradilar. Oddiy odamlar zulm va haqsizlik körsalar, davlat idoralariga borib, qonun asosida öz haqlarini talab qilişlari kerak. Başarti, rahbarlar ilm va ma’rifat ahlidan maslahat söramay, öz jaholatlariga köra xato va zulmda davom etsalar, öz hollariga taşlab, sabr bilan kutiş kerak. Bu sabr bir neça ön yilni talab qilsa ham, kutiş kerak. Zolim öz boşini özi yeydi, unga qarşi çiqmaslik kerakki, aks holda, jonga va molga ziyon yetadi. Çunki har kimning bu jamiyatda işi bor, şu işni öz örnida bajariş bilan osoyiştalik hosil böladi. Boşqaning işini qilaman deyiş insonni dumini yoğoç qisgan maymunning ahvoliga soladi. Lekin inson heç qaçon zulmga rozi bölişi, haqsizlikka könişi mumkin emas. Har bir inson közi öngidagi insoniylikka zid harakatlarga qarşi kuraşmoği oliy burçdir. Hozirgi kunda siyosiy tahlilçilar toifasi paydo bölyapti. Ular OAV – saytlar va turli platformalarda har kuni yo kun ora özlarini namoyiş qilişib, hissiyot va qaraşlarini ommaga singdiriş harakatidalar. Heç bir samimiy va oqil inson yaxşi niyatli işga e’tiroz etmaydi, balki himoya qiladi, lekin közi bir yoqlama – olamni faqatgina 1D ölçamda köradigan, Ğarb falsafasi asosida sayoz ilm olgan bu “tahlilçi”lar tahlil emas, tanqid emas, balki murakkab jumlalar konsturksiyasi, har xil yodlangan istilohlar bötqasiga sohibdirlar va bu bötqa konstruksiya ustiga quyilib, ularning noxolislik va adovatlarini yuzaga çiqarmoqda. Ularning sözlariga diqqat qilinsa, har bir yondaşuvlari mohiyatan davlat asoslarini zaiflaştiriş, hukumat işlari sifatini buziş hamda xalqning qadimgi madaniy ildizlarini qirqişga qaratilgan. Sababi ular siyosiy tahlilçi emas, siyosiy ambitsiyali odamlardir, ambitsiyasi bölganlarda xolislik heç qaçon bölmaydi. Ambitsiyaning mazmuni – sen eplay olmayapsan, men eplayman, örningda men işlaşim kerak degan yaşirin hayqiriqdir.

Xolis odam buzmaydi, aksinça, vaziyat murakkabligini hisobga olib, bosiqlik bilan har bir sözini taroziga solib, ölçab gapiradi; inson nafsining turfa öyinlaridan xabari bölgani uçun sözning özi bilan heç bir muvaffaqiyatga erişib bölmasligini biladi. Xalqqa xizmat qilaman degan odam hokimlik va rahbarlik kasalligidan qutulib, qul va xizmatkor, xor va zalil bölişni böyinga olişi, hatto şuni talab etişi kerak. Öşanday odamda qalb halolligi va sözlarida rostgöylik va xolislik bölişi mumkin. Qalbi hokimiyat vasvasasidan ozod inson halovatni his eta oladi. Qiziq qarama-qarşilik – erkak oila rahbari, ammo köplab erkaklar oila rahbarligidan qoçib, ya’ni uy içida janobi xotinga jamiki işni – qaror qabul qiliş va ijrolarning hammasini topşiradi-da, jamiyat içida rahbar bölaman deb urinadi. Sen nega öz işingni qilmay, boşqaning işiga burun tiqasan deydigan mard yöq.

Akrom MALIK

2 430marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    OLTINÇI BOB

    Törtinçi fasl Non sindiriş va töy Sovçilik işlari bitgaç, non sindiriş amali bajariladi. “Non sindiriş”ni fotiha töyi ham deyiladi. Bu urfning mohiyatini biliş uçun töyning…

    6 daqiqaMumtoz oila

    Oxiri

    👉 Boşlanişi Yaqinda dissertasiya himoya qilib, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori ilmiy darajasini oldim. Natijada, ilm yönalişidagi barça yangilik va islohotlarni körib…

    3 daqiqa

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.