Til

Mumtoz oila

OLTINÇI BOB

OLTINÇI BOB — rasm

OLTINÇI BOB

Törtinçi fasl

Non sindiriş va töy

Sovçilik işlari bitgaç, non sindiriş amali bajariladi. “Non sindiriş”ni fotiha töyi ham deyiladi. Bu urfning mohiyatini biliş uçun töyning ma’no-maqsadi, mazmun-mohiyatini bilişga ehtiyoj bor. Töy haqida ham yetarli va töğri, tizimli va asosli ilmga muhtojmiz. Töy ayrimlar öylagani kabi törtta odam bilan ötadigan tadbirdan farq qiladi yoki umr böyi yiqqan-terganini tökiş ham töy emas. Otarçini davraning töriga çiqarib, yarim tungaça baqirtiriş; öyinçilar ustidan pul soçiş; Xudodan söralişi kerak bölgan tilaklarning ovozdastak tutib, hammaning oldida xöjakörsinga, riyokorlikka aytiş; mol suvni qanday boş kötarmay içsa, şunday şaklda aroqni içiş; it tongda qanday xor bölib yotsa, şunday xor bölib yotiş; bökalak çaqqan buzoq qanday şataloq otsa, xuddi şunday qilib şataloq otib davrada sakrab öyinga tuşiş; soxta “love story” suratlar; maxsus raqs örganib töyxonani teatr, töyni spektakl qilib, mehmonlarga tomoşa körsatiş – bularning heç birining töyga mutlaqo aloqasi yöq, hatto aql va farosatga, mantiq va tafakkurga, soğlom hayot va töğri turmuş tarziga begona bölgan hamoqatga tölib toşgan işlardir, xolos. Tillarda islomiy töy degan atama ham paydo böldi, aroq qöymay, otarçi çaqirilmagan töyni islomiy deb ataş hamda bunday töy qilişni radikalizm deb hisoblaşdek çalkaşliklar ham kuzatilmoqda. Özbekning boşini töy yeydi, töylarni qanday qilib ixçamlaştiramiz, qanday qilib maromga solamiz degan taşvişlar ham hamma yoqni tutgan. Amir Olimxon hazratlari davridan buyon hal qilinmayotgan muammolardan biri töy muammosi bölib turibdi. Aslida, töy nima ekanligini biliş köp noaniqliklikarni yeçgan bölur edi. Töy sözi ovqat yeb, töy degan ma’noni ifodalaşi zohiran körinib turibdi. Ya’ni oç-yalanğoçlarga yaxşilik qiliş mazmuni namoyon. Masalani şu nuqtadan turib yeçiş mumkin. Birinçidan, töydan murod ikki yoş – yigit va qizning nikoh bilan halol oila qurganligining elga e’lonidir: “Hammangiz bilingizlar, bizlar yurtning katta-kiçigi yiğildik, mana şu ikki boşni qovuştirdik, ular halol bir oila böldilar!” Uşbu maqsadning tagida oilaning ahamiyati va muqaddasligi yotadi – oila quriş inson hayoti va jamiyat hayotida şu qadar muhimki, u haqidagi xabarning özi mana şunday alohida tayyorgarlik orqali butun xalqqa yetkaziladi. Ikkinçidan, şunça odam keldimi, ularga yangi bir oilaning daragi bildirildimi, endi ularning duolarini olaylik. Buning uçun ularning qorinlarini töydiraylik – bu eng muhim yondaşuvlardan biri. Kimning duosi qabul? Uluğlarning, mazlum-beçoralar, kambağal-muhtojlar duosi qabul. Ularni çaqirmoq, hammasiga oş-ovqat bermoq, imkoni bölsa, yaxşi liboslar ila siylamoq, söng hammasining qalbiga quvonç kirgaç, duolarini olmoq qanday gözal. Endi ular omin desalar, oila haqqiga qilingan duo ijobat. Duoning ham murodi – oila baqosini ta’min etmoqdir. Ya’ni oila qurildimi, endi uning sobit va barqaror bölişi jamiyat uçun ham öta zarur. Buning uçun Xudodan yordam söraş kerak. Xudo bir guruh beçora bandalari yiğilsa, ularning qalbi ehson ila xuşnud etilsa va hamma yolvorib sörasa, albatta, duoni ijobat qiladi – oila mustahkam turadi, oilani Xudo himoya qiladi; er-xotin orasiga muhabbat va marhamat soladi. Uçinçidan, odamlar tirikçilik bilan band, hammaning ham ilm va ma’rifat olişga vaqti va şaroiti yöq. Töyxonaga izzat va şaraf, ilm va taqvo sohibi bölgan bir ulamo çaqirilsa, ul zot insonlarning toqatidan kelib çiqib, ma’noli bir va’z qilarkan, odamlar uni tinglaydi; qalblar yumşab, unutilgan haqiqatlar yodga keladi. Törtinçidan, insonlar turmuş taşvişlari bilan ovora ekanlar, bir-birlari bilan uçraşişga vaqtlari yöq. Töyda ular diydorlaşadilar, kayfiyatlar kötariladi, qalblar sururga töladi.

Beşinçidan, töyda kiçiklar xizmat qiladi, kattalar töyni boşqaradi, töy egasiga yordam bölsin deya hadyalar beriladi, aynan töyda bölgani uçun bu töyona deyiladi – şu tariqa xizmat, odob-axloq, saxovat kabi xislatlar özini körsatadi. Ba’zi paytlari töyonaga ham qarşi çiquvçilar uçraydi. Töyona majburiyat emas, balki fazilatdir, töyning xarajati va harakati odamni toliqtiradi; ha degan tuyaga madad – töy egasiga çin dildan yordam deya beğaraz holda, Xudo uçun hadya beriş eng yaxşi işlardan biridir. Şunçaki, töyonani köz-köz qiliş, qança bergan bölsa, şunça javobini kutiş; qarz sifatida yozib qöyişlar töğri emas, şu illatlardan voz keçilsa, bas. Har bir mehmon töyga töyona bilan borişi juda ham yaxşi odatdir. Töy haqidagi umumiy ilm şu. Bundan ma’lum böldiki, töy – jiddiy voqea. Bu voqeaga esa tayyorgarlik, maslahat lozim, şuningdek, uluğlardan tabarrukan duo oliş, qurilayotgan oila haqqiga yaxşilik umid qilmoq joiz. Şunday qilib, buning uçun qarindoş-uruğlarning va mahallaning eng uluğlari jamlanib fotiha beradilar, non sindiriladi. Bu xuddi yangi bir uyga poydevor qiliş, ilk ğiştni qöyiş kabi amaldir. Non sindirişdan keyingi iş faqat töy qilişdan iborat emas, bu kelin va kuyov uçun makon tayyorlab, ular uçun eng kerakli narsalarni taxt qilib beriş hamdir. Töydan keyin rözğorga kerakli narsalar va kiyimlarni topa olmay qiynalişmasin degan maqsadda qozon-tovoğidan tortib, çoynak-piyolasigaça, qişlik va yozlik bir sidirğa kiyim va hokazolarni olib beriş yaxşi udumdir. Har bir ota-ona buni xursandçilik va rozilik bilan bajaradi. Şu örinda kelin tarafni umuman bu masalada bezovta qilmaslik lozim degan şiorlar ham yangramoqda. Bu ixtiyoriy masaladir, haqiqiy yigit heç qaçon kelin tarafdan biror narsa ta’ma qilmaydi, bu yigit uçun şarmandalikdir. Lekin qizning ota-onalari yaxşilik qilişni istab tursalar, uni qaytarmaslik, e’zoz-ikrom ila qabul qiliş kerak. Bu bobda ham haddan oşişlar sodir bölavergani uçun yuqoridagi gaplar urçimoqda. Qizning mahri alohida masala – bu qizning umrlik mulki, qalin puli alohida masala – bu qizning ota-onasiga töy xarajati uçun beriladigan tölov. Yigit tomon mahrni ham, qalinni ham mardonalik va rozilik ila ado etmoği şart. Mahr bobida yigitlarning himmatlari baland bölsa, qizlar esa kamtarlik qilsalar, hikmatga muvofiq keladi. Maqsad oila quriş ekan, osmondagi narsalarni mahr sifatida söramaslik lozimligini soğlom aql biladi. Tabiiyki, mahr bobida bunça söra yoki bunça ber degan ta’qiq ham yöq. Töylarning töyxonada emas, hovlilarda bölişi fazilatdir. Bugun mehmon qiliş, mehmonga boriş, xizmat qiliş degan qadriyatlar unutilyapti. Töy hovlida bölsa, qarindoş-uruğlarga ham xizmat qiliş uçun bahona topiladi. Töyxonadan voz keçib, hovlisida töy qiladigan ğayratlilarga şaraflar bölsin! Sovçilikdan keyin qizni oliş naqd bölgaç, töyboşi tayinlanib, barça işlar uning nazorati, boşqalarning maslahati bilan qarindoşlar va talabgorlar orasida aniq taqsimlanişi kerak: sen nonga; sen oşga; sen tozalikka; sen mehmonlarga; sen çoyga qaraysan; sen ulovlarni joylaştirasan; sen hurmatli zotlarga arava yuborasan; sen qölga suv quyasan; odamlar tarqagandan keyin sen uni, sen buni qilasan; dasturxonlarga sen qaraysan; sen idişlarni yuvasan; sen qozonni egasiga topşirasan va hokazo… Töyda tartib bölsin, it egasini, muşuk bekasini tanimaydigan holat bölmasin. Töy xizmatçilari, mezbonlarning hammasi tabassumga kelişib olsinlar – hammamiz tabassum qilamiz; piyola sinsa, çoy keçiksa, baqirmaymiz; qaysi joy ozgina tözisa, tezda tozalab olamiz va hokazo. Töyning ertasi kuniga ham iş qolsa, u ham taqsimlanişi kerakki, heç qanday tartibsizlik sodir bölmasin va töy gözal tarzda ötsin.

2 200marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Oxiri

    👉 Boşlanişi Yaqinda dissertasiya himoya qilib, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori ilmiy darajasini oldim. Natijada, ilm yönalişidagi barça yangilik va islohotlarni körib…

    3 daqiqa

    OLTINÇI BOB

    OILA QURIŞ Uçinçi fasl Sovçilik Eski zamonlarda sovçilar: “Ostonangizni supurgani keldik”, “Qulçilikka keldik”, – der edilar. Qizi borning nozi bor deya qizli uyning şartlari,…

    6 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.