Tez natija bölmaydi. Kimningdir rizqi keng bölib, yoşligida boyib ketişi mumkin. Ammo bu umr böyi mana şu…
Tez natija bölmaydi. Kimningdir rizqi keng bölib, yoşligida boyib ketişi mumkin. Ammo bu umr böyi mana şu şaklda pul oqib kelib turadi degani emas. Köngildan tez natijaga erişaman degan xayolni, aniqroği, vasvasani çiqarib taşlagan inson xotirjam tortadi. Bir bola 9 oy-u 9 kunda tuğiladi. Bir yigit 20 yoşda jisman, aqlan hayotga tayyor böladi. Inson 40 yoşda kamolga yetadi. Mevalarning pişişi uçun ham vaqt kerak. Nima tez bitayotgan bölsa, u ğayritabiiydir. Yoşlar tez natija qilaman emas, halol mehnat qilsam, maşaqqatlarga çidasam, sabr qilsam, töxtamasam, pişiq va aniq natijaga erişaman deyişlari maqsadga muvofiq. Öşa natija balki 10, balki 20 yil vaqtni talab qiladi. Kimdir çiqib, sizga tez natijaga erişmoq uçun beşta şartni aytaman, şuni bajarsangiz, natijaga erişasiz deb aytayotgan bölsa, u kazzobdir. U sizning diqqatingiz evaziga tirikçilik qilmoqçi – körişlar sonini oşirmoq, sizni ovlab, pulingizni qölga kiritmoqçi, lekin evaziga heç narsa topmaysiz. Qöyningiz puç yonğoqqa tölgani va uning aravani quruq olib qoçgani qoladi. Yer-u kökni Xudo olti kunda yaratgani zamirida bandalarga şoşmaslik hamda vazminlik tarbiyasi berilgan deyişadi tafsir olimlari. Xudo şoşmas ekan. Odam nega şoşsin? Şayton şoşar ekan. Şoşişga çaqiriş şaytonga taqlid qil degani emasmi? Sohani tanlang, erinmay ilm oling, malaka hosil qiling, keça tuxumdan çiqib, ovoz pardasini yirtib qiçqirayotgan jöjaxörozga boqmang, kamida 20 yilga möljallab reja qiling: ilm, malaka, kasb, mahorat; uylaniş, arava, uy, barqaror daromad, işonçli jamğarma va hokazo. Bugun topib, ertaga yot bir davlatga sayohatga borib taşlab kelaman deb emas, sokin hayot, halovatli qalb, ofiyatli turmuş uçun. Katta va’da bergandan qoç, u albatta, seni aldayapti. Katta va’da beruvçi firibgar böladi.
Akrom MALIK




Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.