Til

Mumtoz oila

Sakkizinçi bob

Sakkizinçi bob — rasm

Sakkizinçi bob

QAYINYURT

Beşinçi fasl

Kuyovbola va uning qayinyurti

Hurmatli kitobxon sezgan bölsa kerak, oiladagi har bir holatni batafsil şarhlaşga va özgarmas qoidalarni zikr qilişga intilyapmiz. Er va xotin deb atalgan fasldan söng kelin va kuyov degan fasllarni alohida yoritişimizdan ma’lum bölsinki, bu fasllar er va xotinlarning kelinlik va kuyovlik vazifalarini töğri bajarişlari va ularning şu maqomdagi axloqlari haqidadir. Kuyov yangi uylangan vaqtda hovliqib, öziga siğmay, yettinçi qavat osmonda uçadi. Yuzlari yal-yal yonib, içidan toşib kelayotgan hapqirişni bosa olmay qoladi. Köziga kelinçagi juda şirin körinib, şavqqa tölib, nima desa, deydi. Bu ham kerak. Şunday bölişi lozim. Lekin aql va hayo hayotning jontomiri, töğri yaşaş tarozisidir. Kuyov har qança uçib-qönmasin, özini bosişga va xotirjam, vazmin turişga harakat qilişi kerak. Oğzidan ulfatlari oldida ham, ota-ona oldida ham keraksiz sözlar uçib çiqib ketmasligi uçun urinsin. Orzu-havas deb haşamat va soxtalikka kirib qolmasin. Töyning tomoşasiga aldanib, doimo şunday bölarkan demasin. Kelinçak qançalar şirin bölmasin, u avvalo közning quvonçi, dilning sururi, hayotning qiziq bir tuhfasidir. Ya’ni kelinçak but yoki sanam emas, unga topinib, sajda qiliş va uning hamma istaklarini bajarişga ehtiyoj yöq. Unga har xil va’dalarni berib, qöynini puç yonğoqqa töldirmagan ma’qul. Albatta, haqiqiy erkak kuyov vaqtida şirin sözlarini ayamaydi, ta’rif-u tavsiflarda saxiy böladi. Kuyovtöra xos haramida oçiq çehra, quvnoq, ammo ota-ona oldida kelinçagiga nisbatan jiddiy bölgani, kam gapirgani, imkon qadar gapirmagani yaxşi. Hozir töylarda raqs tuşib, şirinlik kesib yeb, kelinsalomda borib peşonasidan öpişlarga bu gaplarning aloqasi yöq, ya’ni ana şu yölni tutganlar bizning aytganlarimizni bajara olişmaydi, bu mumtoz va eski yölni tutaman deganlarga atalgan tavsiyalardir.

Kuyovbola dastlabki qirq kunda kelinning oldiga ertaroq kirgani yaxşi, keçqurun mutlaqo köçaga çiqmagani maqbul. Lekin özini tutişida hayo va tortiniş aks etsa, ana şu çiroyli körinadi. Kelin haqida onasiga gapirmagani aqlga ham maqbulki, ertaga hamma iş me’yorida keçadi. Onaizor ayolligiga borib, öğilni kelindan raşk qilib qöyişi mumkin, şu sababli ona huzurida kelinga iltifot qiliş adabsizlikka aylanib ketadi. Muhabbat öyinlari (muhabbatli söz-u nigohlar) yaşirin bölsa, gözal. Mabodo, onaizor öğilga kelinni tanqid qilsa, öğil boşini quyi solsin, zinhor kelinçagini himoya qilmasin, esini kiritib qöyaman deganga öxşaş gap aytsin va xotiniga bu masalada gapirmasin. Balki jimgina farosat közi bilan vaziyatni kuzatsin, onaizor ertaga öşa aytgan gapidan qaytib qoliş ehtimoli katta. Mabodo, kelinçak tili toyib, qaynonasi haqida şikoyat aytsa, sabr qil, bu kunlar ötib ketadi deb unga yelka tutmasin, balki onamning könglini ol, qayta şikoyat eşitişni istamayman desin. Kelinçagiga beradigan hadyalarini yaşirib bersin. Bu qörqqanidan emas, bu adabdandir. Kelinçagiga yaxşi va muloyim gapirsin. Mabodo, kelinçak boşqoronğu bölsa, buni öğil aytmasin. Ilk farzandi dunyoga kelganida ham bolam, qizim, öğlim deyişdan özini tiysin, bu eski adab qoidasidir. Bugun yigitçalar darrov xotinim homilador deya jar solsalar, kelinlar ham qornini hammaga bildirib yursalar, uyalmay bolam, qizim, qiynalyapman deb gapirsalar, bu töğri degani emas. Zamona odamlaridan adab ğoyib bölib, hayo pardalari kötarilgan bölsa-da, bu eski adab va axloq, hayo va ibo keraksiz bölib qoldi yoki xato degani emas, aksinça, öşa qoidalarni örganib, ongli ravişda amal qilmoqqa jidd-u jahd etiş lozim. Sababi bunday oçiq-soçiqlik, bepardalik oqibatida ota-ona haybati ketadi, haybat yöqolgaç, itoat ketadi; itoat tark etgaç, yoşlar aqllariga kelgan işni qilib, xato ustida xato qilib, hayotning berk köçalariga kirib ketadilar. Şu sababli har qanday holda ham ota-onadan hayo qiliş, adab qonunlarini uşlaş joiz. Kuyovbola kelinçagining ota-onasi – qaynota va qaynonasiga çuqur ehtirom saqlamoği kerak. Unutmasinki, qaynota-qaynona örtoq emas, şuningdek, öz ota-onasidan ustun ham emas. Ular bilan masofali gaplaşgani, ulardan yordam va qöllov olişdan parhez tutgani, ularning huzurida sukut qilgani, uylariga hadeb boravermagani afzal. Har borganda qaynota-qaynonaga biror şaklda hadya bersa, yaxşi. Ammo hadyalari öz ota-onasiga berganidan qimmatlaşib ketmasin. Kuyovni payğambar siylagan. Kelinçakning ota-onasi, ya’ni qaynota-qaynona kuyovni ehtirom qilişlari, ismini hurmat bilan zikr qilişlari şart. Agar qizlar tili toyib eridan şikoyat qilsa, jim böl deyiş yaxşiroq. Qizim, kuyovimni rozi qil, biz u haqida şikoyat qilma deb har safar ta’kidlaş kerak. Onalar kelin bölib ketgan qizlarini ğiybat qildirmasin, qudalari haqida salbiy söz ayttirmasin. Qudalar nomli faslda bu haqida batafsil töxtalamiz, nasib. Şunday qilib, kuyov qaynota-qaynona, qaynoğa, qaynilar, bojalar bilan masofali, öylangan şaklda muomala qiladi. Çunki tildan çiqqan bittagina örinsiz söz köp dilxiralik va fitna olib kelişi mumkin. Kuyov oqillik bilan muvozanatni saqlasa, heç bir tarafga öynamasa, xolislik va adolat, donolik va şafqat nuqtasida qat’iy tursa, oilaning muhiti yaxşi, bahavo, yoqimli va erkin böladi. Agar mas’uliyatini unutib, esiyöqlik qilib qöysa, oila imoratiga darz yetişi mumkin.

Akrom MALIK

1 910marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Sakkizinçi bob

    QAYINYURT Törtinçi fasl Kelin Kelin anglab yetişi kerak bölgan haqiqat şuki, u sulolaning, oilaning markazi hisoblanadi. Barça işlar, gap-sözlar kelin atrofida sodir böladi: yigit…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.