Til

Xudo va banda örtasidagi sir heç kimga kerak emas. Bu gapning ma’nosi şuki, Xudo uçun qiladigan işlarini…

Xudo va banda örtasidagi sir heç kimga kerak emas. Bu gapning ma’nosi şuki, Xudo uçun qiladigan işlarini… — rasm

Xudo va banda örtasidagi sir heç kimga kerak emas. Bu gapning ma’nosi şuki, Xudo uçun qiladigan işlarini banda birovlarga aytmasligi kerak. Bundan taşqari Xudoning unga qilayotgan va qilgan lutflarini ham oçmagan yutadi. Demak, odambolasi Xudo uçun qilayotgan işini va Xudo unga berayotgan ne’matlarini yaşirsa, maqbuldir. Unday qilmasa, nima böladi? Xudoni sevgan Xudo uçun işlarkan, maqsadi Xudoning rizosi ekan, uni aytsa, qolganlar buning uçun unga qoyil, ofarin, xudojöy ekansan desa, u bundan şodlansa, maqsad qayoqda qoladi – u Xudoning rizosini öylaganmidi, yoki odamlarning olqişini?! Xudo bandasiga mauvnat beradi, karomat beradi. Bu yaxşi iş uçun rağbat kabidir. Yoş bolaga barakalla deb xörozqand bergandek. Lekin banda yoş boladek qiliq qilmagani çiroyli – har ne karomat bor, aytmasin. Çunki – Xudo podşoh, odambolasi – qul. Qul podşohning sirini nega oçişi kerak? Podşoh sirini oçgan dargohdan quvilmaydimi? Bandaning öziga berilgan karomatdan söz oçgani natijasida avom kişilar unga Xudoga yaqin zot deb parvona bölişadi. Iya, ey xudojöy, sen özingni Xudo deb e’lon qilmoqçimi eding? Haddan oşgan xokisorlik şunday soxtalikki, uning turqi haddan oşgan takabburlik kabi xunukdir. Samimiyat va oddiylik, me’yor va örtaçalik – asl gözallik va najotdir. Xudoni tanigan odamda haddan oşiş bölmas ekan, haddan oşilgan har joyda Xudodan bexabarlik bölarkan. Ğaflat şunday qalin parda ekanki, kimning közini yopsa, kişi mast bölib, heç narsani ilğamay qolarkan – şukurdan, sabrdan yiroqligini, dunyo taşvişi uni zabt etib, qalbini bekor narsalar egallab olganidan odambolasi xabarsiz yurarkan. Şu sababli har kuni nafas rostlab, şovqinlardan xoli bölib, közni yumiş yaxşi iş. Xatolarni tahlil etiş va nadomat çekiş, vazminlik ila dunyo işiga nazar taşlaş ayni hikmatdir: şunça yelib-yugurganim bilan bu olamni tark etaman; meni band qilgan narsalardan ne foyda topaman? Işlarimning bahosi qanday – yaxşimi, yomon?.. Qalbimni nimalar töldirdi-yu, hayotimni nimalar bosib ketdi? Kimlarga zulm qildim-u, kimlarga haqsizlik qildim?.. Ba’zan oqimga özini taşlagan çökişdan qutularkan. Zotan, Xudo bilan köproq va uzoqroq sirlaşganning qalbi xotirjam, nafsi sokindir. Xudo va odambolasi örtasidagi sirni heç kim bilmasin, şuni bilmasa, bandalar heç narsa yöqotmaydi; bilgani bilan biror narsa topmaydi. Avomning oğzi uçun maşğulot kerak: yo kimnidir maqtaş, yo kimnidir çaynaş. Maqtaganini unutadi, çaynaganini tupuradi. Avomning oğziga tuşişdan hazar qiliş kerak.

Akrom MALIK

1 940marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Sakkizinçi bob

    QAYINYURT Törtinçi fasl Kelin Kelin anglab yetişi kerak bölgan haqiqat şuki, u sulolaning, oilaning markazi hisoblanadi. Barça işlar, gap-sözlar kelin atrofida sodir böladi: yigit…

    4 daqiqaMumtoz oila

    SAKKIZINÇI BOB

    Uçinçi fasl Qaynona Qaynona der ekanmiz, biz bu yerda kelinning qayin onasi haqida gapiramiz, kuyovning qaynonasi keyingi fasllardan birining mavzusi böladi. Qaynona ayol kişi…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.