Til

Foydali işlar insonni çarçatmaydi. Insonni foydasiz va zararli işlar toliqtiradi. Odambolasi hayotiga nazar…

Foydali işlar insonni çarçatmaydi. Insonni foydasiz va zararli işlar toliqtiradi. Odambolasi hayotiga nazar… — rasm

Foydali işlar insonni çarçatmaydi. Insonni foydasiz va zararli işlar toliqtiradi. Odambolasi hayotiga nazar solsa, özini köngildagidek yaşamayotgan holda topsa, umrini isrof qilayotganini anglaşi kerak. Umrning isrofi – manfaatsiz narsalar ila band bölişdir. Xoh öyin-kulgu qilsin, xoh boşqa iş – insonda ozgina insof bölsa, uning na dunyo, na oxirat uçun foydali iş qilmaganini his etsa, siqiladi, qayğuga tuşadi. Qayğuga tuşmasa, demak, u tirik holida ölikdir. Foydali iş qilgan kişi uçun işning foydasini kaşf etiş va işoniş muhim. Bugun qilayotgan işi ertaga meva bermasa, xafa bölişga hojat yöq, aksar buyuk va pişiq natijalar uzoq yillar töxtovsiz işlaş natijasida yuzaga çiqadi. Hozir bandman, eng kerakli iş bilan maşğulman deb aniq işongan odam töxtamasa, yillar ötib, albatta, natijani köradi. U halol natija butunlay unikidir. U sof vijdon va quvonç ila unga egalik qiladi. Ammo mehnat qilmagan, sabr-u matonat körsatmagan kişi yutqazadi. Yillardan söng u böş qöl bilan qoladi. Foydali iş bilan vaqtini ötkazgan odam xotirjam, ha, u işi uçun hozir meva totmadi, lekin xotirjam, çunki u bu vaqtni bekor şunçaki sovurmadi; gunoh va ma’siyat ila yaşamadi – taskin va tasalli uçun şu kifoya. Aksinça, bekor yaşagan, odamlarni har qança “buyuk” işlar bilan maşğulligi haqida aldamasin, butun insoniyat uni ha, u çindan ham band deb öylamasin, bu yolğon ikki körinişda isbot topadi: birinçisi, inson qalban yolğonçilik qilayotganini fahmlav turadi; ikkinçisi, ertaga uning qölida biror natija bölmaydi. Natija böliş uçun bugun işlaş kerak. Bugun harakat kerak. Bugun kuraşiş kerak. Töxtamaslik lozim. Bu keyingi işlar uçun kuç beradi; lekin yolğonçilik inson quvvatini sörib oladi. Şunday qilib, foydali iş qilgan çarçamaydi, iş uni keyingi iş uçun rağbatlantiradi; lekin bekorçi toliqadi, uning keyingi qadam uçun quvvati bölmaydi, vijdon azobi va afsus uning yeydi. Hoziroq foydali işga urinmoq kerak.

Akrom MALIK

1 770marta körilgan

Izohlar

    Boşqa maqolalar

    Sakkizinçi bob

    QAYINYURT Beşinçi fasl Kuyovbola va uning qayinyurti Hurmatli kitobxon sezgan bölsa kerak, oiladagi har bir holatni batafsil şarhlaşga va özgarmas qoidalarni zikr qilişga…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Sakkizinçi bob

    QAYINYURT Törtinçi fasl Kelin Kelin anglab yetişi kerak bölgan haqiqat şuki, u sulolaning, oilaning markazi hisoblanadi. Barça işlar, gap-sözlar kelin atrofida sodir böladi: yigit…

    4 daqiqaMumtoz oila

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.