Hikmat
Haq söz-çun köksingga ursalar xanjar,
Haq söz-çun köksingga ursalar xanjar,Şaraf bundan ortiq bölmagay, albat.Haqiqat – nur, undan boyquşlar qoçar,Ammo toğdek oğir erur haqiqat.Yelkangga oldingmi, kötarmoğing şart,Haqiqat yukidan bukilma, tolma.Haqning xizmatida bölmas har bir mard,Xizmatga kirdingmi, közga yoş olma.Haqiqat şu qadar aççiq va keskir,Çinqirar u sabab nafs çöçqa yangliğ.Haqiqat yöliga aslo qörqmay kir,Bu yölda körinma beçora, mungliğ.Unutma, haqiqat Haqning sözidir,Haqiqat Nabiyning yölidir yurgan.Haqiqat qoşida mardlar qözidir –Qurbon bölmoq uçun yugurib borgan.Otangga yoqmasin, balki onang hamHaq sözga boşini egmasin, mayli.Hatto Haqqa qarşi tursinu olamHaq yolğonga dönmas ular tufayli.Haqiqat suvratin, siyratin asloAql köra olmas ravşan va yoruğ.Haqiqat qoşida aqli kull a’mo,Uni anglamoqdan hamişa foriğ.Çunki Haqiqat – bu muborak meros,Valiylar jaybidan qolmişdir bizga.Valiylar iziga oyoğingni bosHamda bu merosni olib surt közga.Haqiqat! Qançalar buyuk şarafsan!Quyoşday yoruğsan, osmonday uluğ.Çin mardlar közlagan manzil – hadafsan,Senga safar etmoq – zafardir qutluğ.Zotan, seni tanib bilmoq ham mahol,Nafslar yopib qöygaç közga pardasin.Çehrangga boqaman, bölaman behol,Unutib qullarning zaif zardasin.Senga oşiq bölmoq qanday ulkan baxt,Sening hijroningda yonmoq ne huzur!Ikki dunyo uçun sensan buyuk taxt,Ikki dunyo uçun sensan boqiy nur!08. 11. 2024.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.