Hayot
Bizdan ketgan hammangizga salom bölsin!
Bizdan ketgan hammangizga salom bölsin!Bizdan ketib ğamlaringiz tamom bölsin!Baxtingizga tösiq bölib turgan esak,Bizsiz tugal baxtlaringiz mudom bölsin!Qalbingizga ozor bergan bölsak agar,Köçangizdan bilmay yurgan bölsak agar,Boşimizni kundangizga qöydik, mana,Taskin toping, bu sarkaşni çopib magar.Siz körgan ul ayblarimiz aslin aytsak,Boşqasiga soliştirsak fazldek gap.Yomon deya bildingizmi? Haqlisiz, döst,Siz aytgandan yomonroqmiz ming martalab!..Keling, mayli, teping, uring, qaro surtingOppoq bölib turgan yuzga, töğri iş şu.Toşböronlar qiling, dorga osing, mayli,Köngil bundan biling, aslo, çekmas qayğu.Zotan, şunday malomatga loyiqdirmiz,Nuqul yiğlab, bir marta ham kulmasaydik!Sizlar kabi bölolmadik yaxşi, axir,Tuğilmasak, orangizda bölmasaydik!Ammo noçor… Bu olamga kelib qöydik,Nafas olib yuribmiz-da ojizona…Neçadir dam ötsin, döstlar, biroz kuting,Vaqtimizni xarjlab bölgaç ğaribona;Yer yuzini qoldiramiz sizga keyin,Bizsiz dunyo biroz kengroq bölib qolgaç,Yetmayotgan kam-köstlar ham but böladi,Bizdek faqir bu olamdan qölin tortgaç.Biz-la qolgan ğariblarga salom bölsin!Mardi maydon özingizsiz, himmat Sizda!Özimizga aslo çiday olmayapmiz,Qanday çidab yuribsiz-a! Rahmat Sizga!
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.