Sevgi
Bildirib sevasanmi, bildirmay sevasanmi,
Bildirib sevasanmi, bildirmay sevasanmi,Raşkdan yonasanmi, sevgingdan tonasanmi;Izhor-la kelasanmi, ozor-la yelasanmi,Barçasi kun kabi ravşan, oq-oydin tun kabi ravşan,Visoling murodimdir, nigohing kuşodimdir.Bilurman xayolingda, javob-u savolingda,Yursang ham uzoqlarda, suzsang ham qirğoqlarda,Yotsang-da közni yummay, tortsang-da ohni tinmay,Zulmdan aylasang faryod, sözimdan qalbing obod,Sevging qançalar sozdir, pokiza-yu mumtozdir.Otaşda kuymay deya, haddan köp suymay deya,Raqiblar davrasida, oşiqlar tegrasida,Kulsam kimgadir agar yiğlaging kelib magar,Sözlasam tillarimni, quçsam bu qöllarimmiKesmoq ham istagaysan, ketmoq ham istagaysan.Ketmoqqa imkoning yöq, qolmoqqa darmoning yöq,Qanday ham gözaldir bu, qanday ham yoruğ yoğdu,Pok işqdan qiymatliroq, hijrondan minnatliroq,Biror ne’mat bormikin, uluğ himmat bormikin?Xudodan sörganim şu, eng nurli körganim şu —Muhabbatdan ayirma, muhabbatdan ayirma!Muhabbatsiz bu hayot yaxşi işmi, xayrmi?Ölmoq sari yöl yursam, işqsiz safar sayrmi?!
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.