Hikmat
Ustozman desang-u, ilm savaşida,
Ustozman desang-u, ilm savaşida,Tulporlar çoptirsang, öqisang maydon!Inson-u şaytonning jang – kuraşidaZafar yalovini kötarsang çunon.Şogirdlar ilmdan xazina yiğib,Irfon çöqqilarin zabt qilsa bir-bir –Kamol kasb etsa-yu samoga çiqib,Falak ra’nolarin aylasa asir!Bari behudadir, behuda, hayhot,Muvaqqat şuhratdir, muvaqqat bir şon –Gar qalbda muhabbat etmasang bunyod,Gar himmat saboğin bermasang, işon.Işqning darslarida yonmagan köngil,Himmat saboğini olmagan beor,Yuk deb kötarganing har nedan yengil,Aytganing sözlarning barçasi bekor!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.