Til

Hayot

Xudo bu olamni yaratdi hamda

Xudo bu olamni yaratdi hamdaOlamni odamga makon ayladi.Bir-birin suyasin deb quvonç, ğamda,Odamga döstlikni ehson ayladi.Döstlikning şarti ne? Ya’ni u qaçonPokiza dillarda ura boşlar niş?Döstlikning buloği mehrdir, işon,Mehrdan köklamga evriladi qiş.Mehr bersang agar daraxtga, gulga,Hatto hayvonlarga körsatsang şafqat —Sodiq döstlar kabi örnaşib dilga,Musaffo tuyğular ulaşar albat.Lek bir haqiqat bor — olam kabi keng,Mehrning qiymatin aylar namoyon:Heç qaysi mehrga kelolmagay teng,Bergani mehridek, insonga inson. Demak, mehr nuri porlagan ondaDöstlik barq uradi, gullaydi köngil.Lek yana bir haqiqat bordir jahonda,Undan mumkin emas qolmoğing ğofil.Insonni döst tutmoq beğaraz va sof –Qanday buyuk işdir, qanday uluğ kor.Ammo öylab kör-çi, qilib bir insof –Tangri döstim desa, bölur bu ne hol?!Tangrining döstligi har nedan uluğ,Ul döstlik siğmagay yer-u köklarga.Şunday ne’matki u, muborak, qutluğ,Yelka tutsang arzir har ne yuklarga!..Bu döstlik kaliti qaydadir ammo?Qanday böliş mumkin Xudoga matlub?Ayo döst, sen bilgil, bilsin bu dunyo –Şukr-u sabr erur Tangriga mahbub! Sabr-u şukur ila har odamiyzodXudo döstligiga bölgay muşarraf.Alloh de, aylama heç kimga faryod,Xizmatga malaklar kelgay tortib saf.Noşukurdan qoçgil yozib qanotni,Qoçişda şamol böl, hatto çaqin böl.Ammo qayda topsang şukurli zotniUnga qalbi qadar döst böl, yaqin böl!Akrom MALIK

4 680marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.