Til

Vatan

Ikki daryo öşa, zamin ham öşa,

Ikki daryo öşa, zamin ham öşa,Şarafli saltanat, mulklarning izi.Valiylar maktabi bölgan bu göşa,Uluğ ajdodlarning yengilmas sözi.Ot ustida ötgan bedor hayoti,Qörquv neligini bilmagan yovqur.Qalbdadir pahlavon bobolar yodi,Biri Jaloliddin, biri Boysunqur.Haqiqat işqidan mastu mastona,Yagona Tangriga siğingan zotlar.Ruhlar olamiga bölib ravona,Naslidan jasorat soğingan zotlar.Şayton qutqusiga ilinmagan heç,Nafs itin böynidan boğlagan, osgan.Mardu eranlarni tutib yoru xeş,Işqu sidq lavhiga qon ila yozgan.Nafsini tuproqdek past, tuban körib,Qalbini samolar sari çorlagan.Nabiylar yölidan mardona yurib,Yuzida valoyat nuri porlagan.Şoşu Samarqand bu, Xiva, Buxoro,Andijon, Namangon, buyuk Xorazm.Sörasa, yeru kök, arşlarni sörab,Faqat yuksaklarga aylagan azm.Pokiza tuproqqa pastkaş ğanimlarHarom oyoqlarin bosganda nogoh –Xiyonat qilsa-da, kazzob, zanimlar,Haqning nidosidan turmişdir ogoh.Heç qaçon haq yöldan, hurlik yölidanToymagan, qaytmagan uluğ xalqdir bu.Yov tinmay hursa-da öngu sölidan,Buyuk toğlar kabi vazmin qalqir u.Turkiston yuragi, turkning şarafi,Islomning tayançi, Haqning bayroği –Movarounnahr bu – döstlar hadafi,Yer yuzin yoritgan irfon çiroği.Har ne holga tuşding, yiqilmading sen,Qonli, şonli yillar keçirding uzoq.Böying osmon bilan bölsin, mayli, teng,Asli nasling kimdir – unutma biroq.Qanday hiyla qilsin şayton qullari,Dajjollar makr ila soçsinlar borin!Ey qadim diyorning sor, burgutlari,Ölimtikni çöqib töydirmang qorin.Poklik, iffatingdir – najotu, qanot,Vafo, muhabbatdir – har qaysidan sof.Istasang, bezavol, abadiy hayot,Eng eski buloqlar közlarini top.Istiqlol – zulmdan qon yutgan bobo,Momolar qalbining ohu, faryodi.Har qança tegrangda çirpansin dunyo,Yodingdan çiqmasin ajdodlar yodi!Bobolardek bölgil – orli, zabardast,Haqning diydoriga oşiq, xaridor!Şunda hurligingga yetmagay şikast,Şunda bölgay davlat baland, poyidor!Akrom MALIK

4 340marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.