Iymon
Eski bir haqiqat haqida senga
Eski bir haqiqat haqida sengaXabar beray, quloq tutgin, qaroğim.Sinovdan ötmagan har neki yangi,Albat, pand beradi, bilgil, çiroğim.Zavolsiz haqiqat şulki, qay insonHaqni tan olmasa, haqdan bursa yuz,Şubhasiz ul erur monandi şayton,Unga kor qilmagay har qanday pand, söz.Nafsin xudo bilib, aylab itoat,Isyon dengiziga ğarq bölib borar.Har qadamda unga hamrohdir ofat,Boşida quyundek balo çarx urar.Lekin hammasidan ğofil ul şörlik,Olamda hammaga taqab yotar ayb.Haddan oşganida söqirlik, körlik,Har qanday nasihat isrof bölar, hayf.Lek kimki xatoga bölsayu iqror,Haqiqat qoşida xam qilsa boşin –Otasi Odamdek aytib istiğfor,Qalbida porlatgay tavba quyoşin.Robbim, ergaştirma meni şaytonga,Şaytonga ergaşgan har kasdan qutqar.Sohib etib mudom meni iymonga,Dunyo sahrosidan salomat ötkar!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.