Hikmat
Alloh amr ayladi ehson qil deya,
Alloh amr ayladi ehson qil deya,Beçora, oçlarga ayla sadaqot.Inson yaşamasa bir-birin suyab,Olami dunyoda bölgaymi najot?!Ammo unutmagil, ey aziz inson,Har işning ilmi bor, tahsili bordir.Ilm olmay qilsang, yegaysan puşmon,Olimona işning takmili bordir.Gar toşib himmating, qalbingga nogohEhson qilmoqni sen maqsud aylasang,Miskinlar holidan bölsang-u ogoh,Alarning könglini mas’ud aylasang!Eng avval niyatni ayla toza, sof,Bilki, Haq amriga bölgaysan ma’mur!Haqqa taslim bölmay, qil özing insof,Mumkin emas dilga tölmoği surur!Ibodat, toatga boğlagaysan bel,Sajdaga boşingni qöygaysan xolis.Toki amallaring uçirmasin yel,Haq amrin qilmagan rahmatdan olis!Endi sadaqaga şaylansang, arzir,Endi topganingdan aylagil ehson.Ammo yana borki nozik bitta sir,Özing mehnat bilan topgan bölgin non!Birovning pulini olib birovgaBermoğing na xizmat, na himmat bölgay!Joningni solmagil, axir, olovga,Bandaga Xudodan rizq qismat bölgay.Gunohkor odamning gunohi uçunYordamçi bölmagil, saqla ehtiyot.Kuçi bor, soğlom kas oh-vohi uçunXayriya aylama, aytsa ehtiyoj.Balki elga taşla ziyrak bir nazar,Eng avval olimlar holini bilgil.Söng yetim, sağir-u, xasta bölganlar,Xudojöy miskinga sadaqa qilgil.Asl muhtoj asli istamas ehson,Asl beçoraning ahvoli xijil.Holidan şikoyat qilmoqdan çunonUyalib, şarmdan tişlab turar til.Endi öz pulingdan berdingmi ehson,Odamlar bilişin qilmagil orzu.Agar odamlarga qilgaysan e’lon,Endi yuki bölmas tortsa tarozu.Ya’ni behudaga ketgay ul işing,Çunki şuhrat emiş sendagi matlab.Toki yaxşilikda xolis böl, işingHaqqa maqbul kelsin ixlosing sabab.Öng qöling berganni bilmasin çap qöl,Elning bilmoğiga bermagil izn.Hamişa ehson-u yaxşilikda böl,Ammo unutgaysan: "Men qildim!" sözin.Çunki Razzoq Alloh, vosita qilibSenga ravo kördi Xudo bu işni.Işga asliy sohib kimligin bilib,Qanday talab etgung maqtov, olqişni?!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.