Sabr
Boşingga musibat tuşganda noxos,
Boşingga musibat tuşganda noxos,Qayğuning tiğidan dil parça-parça.Döstman deb yurganlar kötargay çuvvos,Malomat toşini otganlar qança!"Özing aybdorsan!" "Özi aybdor!" –Har çetda ğiybatlar şiviru şivir."Bejiz yiqilmadi, albat, aybi bor!"Tegrangda ming bitta böhton ivirsir.Sen esa lol qolib boqasan behol,Körinmas olamda hamdardu damsoz.Ğuvillab, uvillab turfa qiylu qol,Har kim sevingandan tortadi uvvos."Bu qanday eviriliş, qanday inqilob!" –Deya kuyinmagil, çekmagil qayğu.Berkitib turgandi çiroyli niqob,Döstman deganlarning asl turqi şu.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.