Hayot
Bir kun jam böldilar ahboblar dilxuş,
Bir kun jam böldilar ahboblar dilxuş,Dilning xunligidan qurdilar suhbat.Köngillar bamisli parvoz etdi quş,Tarqab ketdi quyuq abri uqubat.Aylana-aylana guftor mehvariKeldi bandalarning kirdikoriga.Oçildi sirlarning avra-astari,Söz ötdi oşiqlar ohu zoriga.Dedi bir ahli hol: “Menga şu sevinç –Robbim rizosi-çun qilsam savob iş.Bu işdan alağda köngil bölgay tinç,Bahorga evrilar qaro ayoz, qiş”.Şunda bir qayğudan jigari kabobYiğlay-yiğlay dedi boşi egik, xam:“Menda nima qilsin xuş amal, savob,Gunoh qilmasam, bas, şu kunim bayram…”Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.