Til

Hikmat

Bir yigit bor edi baquvvat, şujo,

Bir yigit bor edi baquvvat, şujo,Qoni qaynab toşar, öziga siğmas.Dunyo taslim edi poyida göyo,Tanbehlar kor qilmas, nasihat uqmas.Istarki, şon-şuhrat mayidan içsa,Uning nomi bölsa tillarda doston.Heç yovdan qörqmasa, olovlar keçsa,Şaraf topsa çeksiz ğolib qahramon.Katta qöşinlarni boşlasa jangga,Pahlavonlar içra sardor atalsa!Ğanimlarga soçib otaş, alanga,Tiği yov köksiga şaksiz qadalsa!Lekin öylab qoldi – bu emas oson,Unga yöli böylab ustoz kerakdir.Toki unga qilsin dardini doston,Jon qadar muqarrab hamroz kerakdir.Şavqi tuğyon urdi dengiz misoli,Bir ustozni unga uçratdi Xudo.Darhol şunday böldi uning savoli:“Netsam menga butkul böysungay dunyo?”Ustoz valiy edi – sirlardan ogoh,Hikmat nurlaridan qalbi bahramand.Tabassum-la boqdi yigitga dilxoh,Dedi: “Quloq solgil, ey dono farzand!Dunyoni zabt etmoq emas muşkul iş,Jahonga mustabid bölmoq xuş amal.Ammo undan avval bor bitta yumuş,Ya’ni bitta şartni bajargil avval!Közingni böysundir – boqmasin badxoh,Lağv ila quloqqa bermagil ozor.Tilingdan hamişa bölgaysan ogoh –Ğiybatu yolğonni sözlama zinhor.Tanangga amr et – qilsin itoat,Qalbingdan bir on ham qolmagil ğofil.Nafsingni jilovsiz qöyma bir soat,Ya’ni özingga böl podşohi komil!”Yigit ustoziga aylab e’timod,Öziga özini qildi safarbar.Kuraş töxtamadi yillarki, hayhot,Töxtamay avj oldi kundan kun xatar.Bir kun nafas rostlab boşin kötardi,Köz taşlab atrofga horğin donişvor.Lahzalar bir-birin quvib ötardi,U esa boş egdi haq sözga, iqror:“Qölga olib inson inson yorliğin,Közu köngil işin qilib olsa hal –Ya’ni Haqqa taslim qilsa borliğin,Olamda jahongir bölmoqdan afzal!”Akrom MALIK

3 520marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.