Hikmat
Turfa azoblarning şamoli yelib,
Turfa azoblarning şamoli yelib,Yelka tutolmagaç na döstu, na xeş –Dardga çökkan darveş qoşiga kelib,Pand bera boşladi boşqa bir darveş:"Boşingda bor bölib Parvardigoring,Ğamdan öksinmoğing ğalatdir, ğalat.Agar rost bölsaydi tortgan oh-zoring,Robbing imdodiga yetarding, albat!"Közyoşi tirmaşib kiprik zulfiga,Darveş javob berdi ovozi titrab:"Şu qadar örgandim Robbim lutfiga,Köproq oh tortgayman köproq lutf istab!.."Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.