Iymon
Bir valiy bor edi xokisor, ğamgin,
Bir valiy bor edi xokisor, ğamgin,Közini töldirgan hamişa yoşi.Sohibi hol edi, sohibi tamkin,Mudom közi yerda, egikdir boşi.Savol berdi unga bir ahli jur’at:"Neçun közingizda hamişa nam bor?"Dedi: "Ğofilligim erur haqiqat,Axir, yiğlamoqdan bölak nimam bor?!"Sördilarki yana: "Ustodi şarif,Neçun bu boşingiz xam böldi behad?"Şivirlab dediki: "Quldirman kasif,Qulga qullik, axir, yaraşgay faqat.Könglim körganini sizga foş etay –Har dam boqib turar Parvardigorim.Endi qanday qilib boşim tik tutay,Boş egmoqda mening yöq ixtiyorim..."Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.