Til

Hikmat

Közguga boqsa gar har bitta inson,

Közguga boqsa gar har bitta inson,Körgay asl yuzi çiroyli emas.Yuzlaşmoqqa toqat qilolmay bir on,Özidan qoçgaydir şuning-çun har kas.Gunoh amal ayla, xayr kor qilgil,Nadomat kuydirsin qalbingni ahyon –Goho aziz bölu, goho xor bölgil,Goho hikmat söyla, gohida hazyon!..Senga ato aylab mehrining nurin,Rahmat eşiklarin oçib qöyib keng,Şafqat kulbasidan körsatib örin,Senga kim döst bölgay eng beğaraz, eng?!Işon, yelka tutmas dardingga heç kim,Heç kim ğam toşingga bölolmas qalqon!Tariqday gunohing körib qolsa kim,Toğday deya yoygay olamga şodon.Asl kalom şulki, qalbing-la körgil –Har holingdan ogoh yagona Zot bor.Uning dargohiga boşingni urgil,U Senga yordamçi, Uldir najotkor!Uning sifatidan nasiba olib,Xulq hosil aylagil Sen ham, ey banda.Ya’niki, istasang sodiq döst bölibYaşamoqni agar – döst bölgil şunday!Akrom MALIK

2 990marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.