Til

Sevgi

Seni yaxşi körgim kelmaydi goho,

Seni yaxşi körgim kelmaydi goho,Boşqalar ham yaxşi körgani uçun.Mayli, işqim qolsin qalbimda pinhon,Xayoling parişon yurgani uçun.Qaçondir ajralsa oq-u qoralar,Ketsa atrofingdan işi bitganlar.Şunda körsataman dilni yaralab,Köngilni poralab kimdir ketganlar.Xotiringga taşviş tuşmasin uçunBorligimni, hatto bilmasang deyman.Senga tegmasin deb biror tiğ uçiÖzingga bildirmay ğamingni yeyman.Qança ğam yesam-da, töymasman, balkiLekin diydoring-la köngil töq bölgay.Aql ojiz qolgan şunday bir holki,Bir boqsam barça dard unut, yöq bölgay.Akrom MALIK

3 470marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.