Til

Hayot

Yöqotmoq oğirdir, yöqotmoq aççiq,

Yöqotmoq oğirdir, yöqotmoq aççiq,Bir parçang ketgandek böladi, evoh.Har bitta yöqotiş yurakda sançiq,Tark etmay umrbod ruhingga hamroh.Eng avval soğ bölsin ota-onamiz,Uzoq yil yaşasin şodu xotirjam.Ular boşimizda soyabonimiz,Dillari körmasin heç qaçon alam.Ota-ona bizni tuğdi, ulğaytdi,Lekin yoruğ yölni körsatgay ustod.Hayotning eng qiyin, azobli paytiSenga ustozingdan kelgaydir imdod.Çunki ğamlaringni yaşirmoq vojibŞikasta otayu onangdan, albat.Şul bois ustozning bağriga qoçibBormoğing joizdir çeksang maşaqqat.Ustoz yölsizlikda yölga yöllagay,Qoronğu zulmatda yoqqaydir çiroq.Ortingdan duolar bilan qöllagay,Har qança ketsang-da olislab, yiroq.Şul bois ustozlar salomat bölsin,Toğday matonatlar bersin Xudovand.Kimning ustozi bor, qadrini bilsin,Uni yov yengolmas, urinsa harçand.Sen daraxt bölsang gar, unutma, ey mard,Tik turmoqqa yetmas aslo majoling!Toki sen-çun yiğlab, çekmas ekan dardXudo qadar qilgan jufti haloling.Farzandu iqboling uçun soğ bölsinIffatu hayoda sobit uy içing.Oyoğing ostida pinhon toğ bölsin,Boşing osmonlarga yetmoği uçun.Bola – yuragingdan ungan mevangdir,Uzilsa, titragay butun olaming.Bola sening siring, sening şevangdir,U bilan ulğayar quvonçu ğaming.Bolang xasta bölsa, holingni bayonQilmoq uçun yetmas sözu kalomlar.Bolang yiğlamasin, kulsin har qaçon,Bolang baxti bilan kunduzdir şomlar.Boşingga nogahon yoğilsa kulfat,Kötarmoğing uçun yelka kerakdir.Tark etmasin sodiq oşnoyu ulfat,Çin döstlar toğ kabi Senga tirgakdir.Omon bölsin mudom dösti vafodor,Xastalik neligin u bilmasin heç.Boşiga yoğsa-da, yomğir, dölu qor,Ğanimlar qoşida yiqilmasin heç.Sen uçun jon çekar qavmu qarindoş,Baxting – aka-ukang, opa-singillar.Har biri yulduzdir, har biri quyoş,Omon bölsin bari – toza köngillar.Xudoyim, rahm qil qullaringga sen,Ojizmiz hammamiz kuzgi yaproqdek.Huzuri Izzatda şohu gado teng,Yerga soçilgaymiz bir kun tuproqdek.Özing qöllamasang, holimiz xarob,Qalbga yoruğlikni qilgaysan ilhom.Bizni çalğitmasin yolğonçi sarob,Özingga yöl boşla, yetar, vassalom.Akrom MALIK

2 620marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.