Til

Hayot

Yoşim ön yetti, ön sakkiz, ön töqqiz,

Yoşim ön yetti, ön sakkiz, ön töqqiz,Yigirma uç edi,yo yigirma tört.Qisqasi, öspirin edimu hargizÖzimni bilmasdim pişmagan yo mört.Maydon körmay turib şer edim, axir,Böyin egmas edim toğlar oldida.Nasihat qilsa kim kördimu haqir,Kezmoqni sevardim boğlar oldida.Haq sözga etmasdim zarraça toqat,Faqat men bilganim haq edi, tamom.Aslida nafsimga saqlab sadoqat,Şaytonga ergaşib yurganman mudom.Foydamdan sözlasa yaxşi odamlar,Quloğim beritib qoçganman yiroq.Çunki dilda ğam, közda yöq namlar,Qölimda hilpirab kibr otli bayroq.Şu qadar közimni qoplamiş hijob,Şu qadar şuurim zulmatda qolmiş –Aql hamoqatga çökibdi, ajab,Xudbinlik borimni qölimdan olmiş.Suvratimga butkul bölib mahliyo,Olam içra komil odam edim men.Dardu ğam ahliga boqmasdan qiyo,Hamma aybdoru, oppoq edim men.Bir oğiz söz bilan sindirdim, ming oh,Önlab köngillarni beöy, beşafqat.Faqat öz nomimga bölib xayrixoh,Şonu şuhrat edi orzuyim faqat.Quturgan nafs qança quturar ekan,Unga lozim bölgay muvofiq jazo.Endi oğritmasa uni bir tikan,Endi qamçi olgay qöliga qazo.Qamçilar ostida keçirdim yillar,Hamon vujudimda darra oğriği.Ey nafsiga oşiq, nafsiga qullar,Sizni kutmoqdadir musibat tiği.Ey haq sözdan yuzin burgan azizim,Nahot, istamaysan joningga najot?!Meniki emasdir aytgan bu sözim,Bu sözni sohibi şu aççiq hayot.Agar rad aylasang nasihat durin,Agar ğarib qolsa qoşingda ustod;Endi har holingga çorasin körib,Tarbiyangga maşğul bölgaydir hayot.Akrom MALIK

2 730marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.