Til

Hayot

Inson yaşar ekan talotum içra,

Inson yaşar ekan talotum içra,Darvoqe, vaqt işi talon-tarojdir.Aylab odam umrin parçayu parça,Olib ketar, ammo hamişa oçdir.Xullas, taloş içra yaşab odamzod,Jon çekar boyligin saqlamoq uçun.Yelib-yugurgay u, urgaydir faryod,Boylik deb xarjlagay butun bor kuçin.Uyini qöriqlar keçayu-kunduz,Ulovga parvona uyqusin buzib.Agar pul haqida ketsa biror söz,Har qanday riştani taşlagay uzib.Koşki, vafo qilsa bu boyliklari,Özini fohişa singari tutar –Bugun qöyningdadir çiroylilari,Ertaga boşqaning bağrida yotar.Qöldan çiqib pulu ulovu uying,Bir bora sen tomon boqmagay qiyo.Sen esa nafasga zor bölgan köyingKuzatgaysan – qanday aldagay hayot.Şul bois, heç qaçon qölingdan ketmas,Xiyonatni bilmas boyliklarni top.Ularga har qança sarf isrof emas,Ularni qöriqla va ayla tavof.Eng avval iymondir eng buyuk sarvat,Sadoqatu vafo – bebaho erur.Işonç qölingdagi qudratli davlat,Har qayda tark etmas, hamnafas yurur.Yana muhabbatki, ayo bulhavas,Yurakning içida saqlaşga arzir.Bularni ganj deya qöriqlasang, bas,Sen-la oxiratga ketmoqqa hozir.Akrom MALIK

2 690marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.