Til

Sevgi

To işq sahrosini kezmas ekansan,

To işq sahrosini kezmas ekansan,Hijron oğriğini sezmas ekansan,Olami dunyodan bezmas ekansan,Haqqa borar yölni köra olmassan.Işqning sahrosini kezsangu ammo,Ma’şuq uçun yiğlab qilmasang navo,Vujudingga siğmay közingdan daryoToşmasa, Haq yölda yura olmassan.Haq yölda yurdingu, holbuki har damRohat deb bilmasang çekkaning alam.Hatto baxş etmasang hayotingni ham,Vuslat dargohiga bora olmassan.Haqiqatning nuri, tajallosi işq,Koinot ahlining tamannosi işq,Eranu abdollar tasannosi işq,Işqsiz Jamolini köra olmassan.Işq kelsa, tiğidan köksing çok bölgay,Joningni kuydirsa, ruhing pok bölgay,Bu qanday ma’rifat, xuş idrok bölgay –Işqsiz poyiga boş ura olmassan.Akrom MALIK

3 820marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.