Sabr
Sabr qiliş qiyin. Çunki Xudoyim
Sabr qiliş qiyin. Çunki XudoyimBandaga qaysi iş maşaqqat bölsaUl iş şarafini ayladi qoyim,Toki banda şaraf nuriga tölsa!Odob hammada ham topilmas javhar,Anqo uruğidir xulqi hasana.Odob raxti bilan aylagan safarJannat eşigiga yetgay yasanib.Tarbiya suyakning ösişiday gap,Suyak oğriq berar ösgani sayin.Agar tarbiyani qilolsang talabAççiq oğriqlarga uçraşing tayin.Sabr. Odob. Gözal xulq. Tarbiya bugunInson zoti aro kökarmay qoldi.Basiyrat köziga boğlandi tugun,Nafs hammamizni asirga oldi.Bunçalar sapçiding, ayo hamrozim,Bunçalar zaharni qayerdan topding?!Odob javharini sindirding, sözimNiholin ayamay körlarça çopding.Robbim kömib qöygan ne’matlar uçunŞukur qilmoq nega bu qadar oğir?!Hasratdan yiroqda yaşaysan bugun,Sening isyoningdan yuragim oğrir.Quturgan nafsing – it. It bor makondaMalaklar bölmagay, unutma, ey kas.Sanoqsiz maxluqlar bölgan jahondaSening mavjudliging yagona emas.Neçun Haq söziga tutmaysan quloq,Neçun tuğyoningda körinmas sohil?!Körganing aslida, mehrdir, biroqÖz mehringga bölding doimo qotil.Xudo xayring bersin, şoşma bu qadar,Biroz aqling közin toza qil va sof.Oldingda ne’matlar daryodek oqar,Xudodan qörq biroz, insof qil, insof.08. 11. 2024.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.