Til

Sevgi

Şe’r yoziş men uçun maşaqqat, ey döst,

Şe’r yoziş men uçun maşaqqat, ey döst,Öynab kulib aslo aytolmayman söz.Şe’r uçun yuragim kuymoği kerak,Yo kimnidir kuyib suymoği kerak.Şe’r uçun vaqtimni goho sarf etsam,Vaqtim uvolmasmi deya çekdim ğam.Yana zehnu fikrat, közimning nuri,E’tiboru, diqqat, qalbim şuuri;Yana kim öqisa, bu şe’rni nogoh,Undan ham şunçasi bölsa-çi isrof?! –Deya şe’r yozmoqdan hayo qildim men,Şe’rni eng pinhona sirim bildim men.Ammo bugun şunça ziq fursat içra,Hatto talotumu arosat içra –Qölda qalam. Yana izlayapman söz,Zotan, içimni, oh, kuydirmoqda çöğ.Titroq tomirimda. Közyoş yuzimda,Bahoru kuz birdek kular izimda.Iztirobu quvonç, hijronu visol,Boldek ayriliğu, oşufta xayol –Yana devonalik böldi talabim,Çunki seni sevib qoldim, habibim.15.10.24.Akrom MALIK

2 580marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.