Hayot
Yoş edi. Pişmagan ğör edi u payt,
Yoş edi. Pişmagan ğör edi u payt,Azobu lazzatga edi begona.Har kun navröz edi, har kuni hayit,Zillatu izzatga edi begona.Hayrat-la boqardi har tongu har şomOlam kitobining har bir harfiga.Hali aççiq nima – bilmas edi kom,Qayğusi yöq edi vaqtning sarfiga.Hali yovuzlarning kirdikorini,Xilma-xil gunohlar nomlarini ham;Hamda yaxşilarning vafodorini,Makkorlarning tutgan domlarini ham;Uyqusiz tunlarda ne qiynoqlar bor,Bedor subhlarning sirli nafasin;Kunduzlar bölişin qanday jafokor,Oqşomlarning qora zindon, qafasin;Gunohning aççiğin, tavba huzurin,Nadomat zahrini, najot qadrini;Valiylar yuzining quyoşdek nurin,Uluğ insonlarning uluğ sabrini;Yorning ğamxörligi, otalik yukin,Duşman qazgan çohni, döst çekkan ohni;Qanday bölar ekan qalbdagi tugun,Mardlar haybatiyu, zaif maddohni;Ahd berib, ahdini unutgan zotni,Bir zumda sözidan qaytgan şörliklar;Köklarga kötargan paru qanotni,Botqoqqa çöktirgan hasrat, körliklar;Şon-şuhrat mayining şirin ta’mini,Malomat öqlarin zaharli uçin;Boşning egikligin, qadning xamini,Tuhmat gurzisining muzaffar kuçin –Heç birin bilmasdi, bilmasdi mutlaq,Tuşlar dunyosida fuqaro edi.Adolat ğolib deb, jasoratni haq,Besabr qalbida mojaro edi.Söng... barçasi böldi. Vaqt maktabidaSabr qamçisidan köp tahsil oldi.Zilzila vayrona qilgan qalbidaXayolot uyidan xaroba qoldi.Eng avval sukutning örgandi tilin,Johillar qoşida jim böldi, qöydi.Surib közlariga kibrning kulin,Öziga tözimdan qabrlar öydi.Ozorlar nişiga çidamagan dilOzorlar zahrini bildi şifobaxş.Isyon zanjirida tutilgan bu qulKözlariga soldi itoatdan naqş.Bugun sahro kabi sokinlik hamdaTundek sukunatga intilar xasta.Vulqondek otilmoq istagi qayda?!.Xumul tuproğida erur xujasta.Va eng buyuk ilmga tolibdir bu on,Koşki, bu ilmdan nasiba olsa!Bu şunday ilmki, sirrini insonQimmat javhar kabi qalbiga solsa –Közlar nur içida porlardi, hayhot.Bölib ketar edi jahon çaroğon,Tahsiliga zarur toğ kabi sabot,Umrni xarjlasa, arzir begumon –Barça hikmatlarning hosil, qaymoği,Şayton hiylasining şuldir ölimi –Bu xasday xokisor, kamtar bölmoğu,Qalbni avaylamoq, asramoq ilmi.24.09.2024.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.