Til

Hikmat

Ba’zan kesmoq kerak, ba’zida çopmoq,

Ba’zan kesmoq kerak, ba’zida çopmoq,Oğriqdan hayqirsin bemor. Rahm etma.Oğriqlar içidan şifoni topmoq –Rahmu şafqat şuldir. Bölak fahm etma.Ba’zan buzmoq kerak boşidan oyoq,Ölmoq şart qaytadan tirilmoq uçun.Yelkaga yoğilsa ilohiy tayoq,Lutf bil yangidan qurilmoq uçun.Ba’zan ketmoq kerak boşni olib, bas,Oyoq qayga yetsa – şu qadar ketgil.Çorlasinlar kelib har qayerdan sas,Ammo javob berma, maqsudga yetgil.Ba’zan çökib ketgil toş kabi, tamom,Ming yil yot indamay suvning tagida.Ba’zan yer ustini bilgilu harom,Umr tut ğorlarning tevaragida.Ba’zan qon tuflagil, ba’zan qon qusgil,Ba’zan zahar içgil döstning qölidan.Özingni dunyoning ötidan tösgil,Mayli, qaytib kelma ketgan yölingdan.Akrom MALIK

2 820marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.