Hayot
Seni dösting sotdi demangiz menga,
Seni dösting sotdi demangiz menga,Jigaring tarqatdi böhton demangiz.Hatto tiğ sançilsa bu zaif tanga,Işonmasman aslo, taşviş yemangiz.Biror döstni sotgan bölsamki, hayhot,Meni ham sotgaydir biror muqarrab?!Muhabbat mulkida sidq aylab bunyod,Qaysi jigarimni unutdim, yo Rab?!Mudom Haqdan sördim tavba, istiğfor,Mudom solihlarga talpindim, ayo!Aminman, nonkörlar çiqmagay zinhor,Bağrimga bosganlar içidan aslo.Çunki asl zotlar böldi musohib,Qoşimga kelmadi biror haromi.Toki mehrimizga bölganlar şohid,Keta olmagaylar heç qaçon tonib.Balki majbur etib qadarning işi,Kimdir olislagay közlarida yoş.Ammo unutmoqqa yetmagay kuçi,Butkul uzilmoqqa topolmas bardoş.Çunki qalbimizning ohu nolasinHamişa eşitgay Allohu Afuvv.Kimki körgan bölsa bu dil porasin,Qanday jur’at etsin bölmoqqa aduv?!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.