Til

Iymon

Robbim, rahmat közgaz, keçir, Xudoyim,

Robbim, rahmat közgaz, keçir, Xudoyim,Heç qaysi puçmoqqa siğmayapmanmi?..Çohga yiqildimmi, qayerda joyim?..Sitam tortyapmanmi, yiğlayapmanmi?..Neçun ortib ketdi bu qadar qayğu?Neçun kötarmoqqa yetmayapti kuç?Yo magar içdimmi suv emas, oğu?Qaysi söqmoqlarga kelib qoldim duç?Yöq, aslo norizo emasman Sendan,Sen bergan qadarga roziman, rozi.Ammo zaifligim sababli jangdaYengilgan jangçidek çiqmas ovozim.Robbim, meni qutqar bu qaro çohdan,Köksim yarosiga qöy Özing malham.Qutqar meni qayğu degan gunohdan,Ğam çekmakka Sendan uyalyapman ham.Lekin quvvatim kam, yiqildim, netay,Göyo qamrab oldi junun nogahon.Rahmat közgaz, yöqsa, qaylarga ketay?!Sening yomoningman, bölsam gar yomon!Ahdini sindirgan notavonu kör,Nokasu kaslarning böldim gadoyi.Banda döst deganning peşonasi şör,Endi Sen döstliging, körsat, Xudoyim!Akrom MALIK

4 100marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.