Hayot
Köp bora sen tomon qildim tavajjuh,
***Köp bora sen tomon qildim tavajjuh,Qoşingda har lahza tutdim maroqib.Jarohatli quşdek ingrar edi ruh,Eslab sendan körmiş qança marofiq.Balki aft-angorim közingga tuşib,Qalbing qoraymişdir, netay, çoram yöq...Ammo borganimda qoşingga köçib,Oz-oz oqarganim haqiqatdir-öq.Balki yurganimdan tavbasiz, muflis,Senga ozor yetmiş behad, beadad.Nafs tuzoq qöysayu, qasd etsa iblis,Netgayman, kelmasa ilohiy madad?!Balki insonlarga boğlandim çunon,Hatto ildizladi bu sevgi çuqur.Ulardan kesdingki, hatto oqib qon,Hatto özligini yöqotdi şuur.Meni band etmişdi har yondan zanjir,Uçolmay çekardi ruhim oh, faryod.Sening barça işing sir, sir, yana sir,Içimda azobni aylading bunyod.Bir qança kişanlar sindi, ehtimol,Ehtimol, olindi közdan bir parda.Çaqirsang bormoqqa topmolmas majol,Allaqaçon ölgan bekafan murda.Endi insonlardan uzoqdir ul tan,Xayoliga kirgan har kimni yoqdi.Xalos bölib olgaç, yukdan daf’atan,Endi öz holiga açinib boqdi.Senga yuzlangayman har kuni takror,Közimda nur töla vujuding ayon.Haqirlik kunjida tutib istiqror,Faqirlik köyida böldim namoyon.Bersang bitta tanga – gadoman, axir,Quvib solsang itdek, şohsan – yaraşgay.Uzoq-uzoqlarda uvillab yurganIting suyak otsang, şuni talaşgay.Mayli, suyak berma, sil bölib bir kun,Tark etib ketgayman olamni sassiz.Garçi umr keçgan bölsa-da, dilxun,Yaşagan bölgayman kişan, qafassiz.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.