Hayot
Har qança ğamga tuş, qayğulan, ammo
Har qança ğamga tuş, qayğulan, ammoOstonangga kelsang, yorişsin öying.Zotan, duo qildi Rasuli Xudo:“Ğam qayğuda qolma, siğdirsin uying!”Uy – vatan, uy – hayot. Uy – xotin, bola.Şul sabab uylanding – topding boringni.Uying bor, çekmassan faryodu nola,Uyda saqlagaysan madadkoringni.“Uying kuysin” sözi eng yomon qarğiş,Uying kuysa, butun hayoting kuygay.Qarğiş olma sira, ol duo, olqiş,Duo ol Xoliq ham, maxluq ham suygay.Uyning, ya’ni umrin qadrin bilganlar,Uyda kimdir yoqa, kimdir yeng bölsin.Ey yaxşi niyatga köngli tölganlar,Uyingiz keng bölsin, dardga em bölsin.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.