Sevgi
Netay, esu huşni yöqotsam nogoh,
Netay, esu huşni yöqotsam nogoh,Netay, aylansam gar ba’zan gödakka.Bir dam böla ololmay özimdan ogoh,Sözim ötmay qolar oşiq yurakka.Bilurman, naqadar sadoqating bor,Sening mehring böldi dardimga şifo.Ammo hijron olib qölimdan qarorJununimni etdi olamga ifşo.Goho haddan oşdim, ammo işongil,Istamasman senga bermoqni ozor.Ey mening sevgilim, toza, pokköngil,Sen-la keldi yana umrimga bahor.Dunyo ekinzordir, taqvo ekininEksak sidqidildan Xudoni sevib.Robbim fazl aylasa, jannatda bir kunHosilini birga olgaymiz terib!Seni eslaganda bilmayman, negaKözyoş kelaverar quyilib yoğib.Ey sadoqat hadya aylagan menga,Qanday şukur qilay yuzingga boqib!..Keçir, bu on baytlar gulladi çunon,Içimga berkingan sözlarim ösdi.Qayğu neligini bilma heç qaçon,Ey qalbim sevgisi, qalbimning dösti.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.