Til

Hikmat

Ey yoşlar! Ey havo kötargan zotlar,

Ey yoşlar! Ey havo kötargan zotlar,Ey aççiq-çuçuk ne – hali totmagan!Yelkamda bor deya qanotlar,Köksiga tikanlar, tiğlar botmagan!Hali qayğu nedir – xabaringiz yöq,Hali yöqotmoqning bilmassiz ta’min.Hali yutmagansiz biror parça çöğ,Sizni taqdir etgan sihhat-la ta’min.Şul bois, sizlarga suvu havodek,Tan, tandagi jondek zarur nasihat.Hali körmagandir ruhingiz hadik,Balki muammodir köp uyqu faqat.Biling, bu olamda makkorlar bisyor,Közi kulib, içi kirga tölalar.Şul bois bir ustoz topmoqlik darkor,Ul ustoz bor ekan, kelmas balolar.Çunki u qölingga tutqazib qalqon,Örgatgay özingni qilmoq himoya.Şul sabab janglardan çiqqaysan omon,Ğalabalar solgay boşingga soya.Çunki u qölingga bergay xarita –Hayotning qay yeri jarlik yo botqoq!Barini bildirib, yölni yoritaBorgaydir zulmatda bamisli çiroq.Endi tasavvur qil – Xudoyi karimSenga körsatdiyu noxos inoyatTöldi hayotingda ne bölsa yarim,Ustoz nasib qildi, topding hidoyat!Körding – qanday inson, qanday musaffo,Qanday dardi boru, qanday qalbi bor!Senga mehrin berib, körib bebaho,Muhabbatu sevgi ayladi nisor.Oralagan kabi qötonga qaşqir,Lek qalbga oralab kirsa bir şayton!Ammo ul şaytoning bermas aslo sir,Çunki suvratidir beozor inson!Fitna olovini yoqqay bir çetda –Töqib tarqatgaydir turfa xil iğvo.Butun boşli şahar böylab öt ketgaç,Kötargay eng baland şovqinu ğavğo.Bilib sen qançalar dumbulsanu ğör,Sidqingga adovat körsatgay oçiq:Yoğli tili ila qilib közing kör,Ya’ni ustozingga çaplagay balçiq.Eng avval qalbingga solgay iştiboh,Mudhiş tasvir etgay samimiyatni.Hatto közyoş ila qilib ohu voh,Şaytondan deb aytgay gözal niyatni.Sen esa tuzoqqa tuşgaysan laqqa,Içingdan kuydirib göyoki armon!Deysan: “Yöl körsating janobi Haqqa,Siz Haqning qulisiz, ey dösti Rahmon!”U esa bulğatib orani butkul,Fitna oloviga bergaydir şamol.To hammani yoqib, qilib qöyib kul,Yayrab-yaşnab kulsa keyin bemalol.Ammo bilmaydiki, u şayton quliIlohiy adolat qoyimdir mudom:Uzoqqa borolmas şodlanib, kulib,Fitna uni yoqqay eng avval, tamom.Sen ham bu olovda kuydirasan dil,Sen ham yöqotgaysan katta sarmoya –Senga ustoz bölgan ul siniq köngilSenga ortiq yana bölgaymi soya?!Ey nonini nanna degan bolakay,Afsus, kölmaklarni dengiz fahm etding.Bölding şaytonlarning öljasi qulay,Qaysi qarmoqlarga ilinding, ketding?!Idrok etolmassan, balki daf’atan,Qölingdan nimani tortib oldilar!Körarsan bir kuni: kul bölganda tan,Vohki, seni qanday ötga soldilar!Şul sabab, ey bola, hazir böl doim,Adaşib şaytonga eş bölib qolma.Iblis yoqqanida fitna olovinÖçoğiga oddiy ğişt bölib qolma!Şul bois, har kimni şoşib, yuguribÖzingga yölboşçi, ustoz tutmagil.Ustoz deb aytdingmi, keyin yuz burib,Şayton tomon itdek çopib ketmagil!Akrom MALIK

3 730marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.