Til

Sabr

Tuhmat toşin otgan qöllar kesilgay,

Tuhmat toşin otgan qöllar kesilgay,Tuhmat sözin aytgan tillar kesilgay.Tuhmatçi tilidan, albat, osilgay,Sen esa davom et, töxtama, ey döst,Tuşkunlik kulida tutama, ey döst.Kimki xanjar urdi dilga, unutgil,Kimki yuzin burdi, olisroq ketgil.Sidqu sadoqatni mahkamroq tutgil,Bir kun bor eng uluğ mahkama, ey döst,Tayinsiz kaslarga öxşama, ey döst,Haddan oşgan qayğu qilgay xafaqon,Ğamning çangalida tipirçilar jon.Huzundan ğolib böl, yengmasin şayton,Yovlarning oldida oqsama, ey döst,Zulm zulmatida qaqşama, ey döst.Tanani qoplasa saraton agar,Tagidan kesmasang, kelgay xavf-xatar.Kazzob döst saraton zahridan battar,Kazzob çangalida titrama, ey döst,Ğaflat oğuşida mudrama, ey döst.Şumxabar şumqadam bölgaydir, şaksiz,Şumqadam kelsa ğam kelgaydir, şaksiz.Şum sözdan işonçlar ölgaydir, şaksiz,Şumlarni döst tutib, yiğlama, ey döst,Afsus deb köksingni doğlama, ey döst.Döst degan umiddan sözlar oçgaydir,U kelsa, qayğular, ğamlar qoçgaydir.Közidan yoruğlik, nurlar soçgaydir,Adaşib, xoinni heç quçma, ey döst,Çin döstdan heç qaçon voz keçma, ey döst,Azobu ğazabdan, tunu tutundan,Yomon fol, yomon hol, jinu junundan,Sözlasa tinmasdan vahmu huzundan,Bunday kasofatni saqlama, ey döst,Kömirni poklay deb oqlama, ey döst.Kördik mudom badbin, ğamtaşirlarni,Sening qayğuyingdan oş oşarlarni.Yomon sözu yomon gaptaşirlarni,Ularning qölida bor tuzoq, ey döst,Ularni körsang sen qoç uzoq, ey döst.Agar körsang kimdir qilar ğarğara,Holiga şafqatu rahmat-la qara!Mehr körgaz, şoyad, azobi nariKetsa, ajab emas, ehsondir, ey döst,Şu işni qilgan çin insondir, ey döst.Hatto toşlar yoğsa, ayt yaxşi sözlar,Tavba, rahmat bor de, yaşnasin közlar!Yaxşilik yaxşini, albatta, izlar,Yaxşi böl, yaxşilik topgaydir, ey döst,Haq rahmat hijobin yopgaydir, ey döst.Ayla qayğulardan dilingni foriğ,Tuşkunlikdan ranging bölmasin soriğ!Bölsin mudom diling tunu kun yoruğ,Qani, huzundan çiq, qani, kul, ey döst,Haqning rahmati keng, umid qil, ey döst!Akrom MALIK

4 080marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.