Hikmat
Fikr erkin deya, söz erkin deya
Fikr erkin deya, söz erkin deyaFikriga boşqadan söraydi toqat.Avomunnos uçun xos fe’l-da buyam –Toqat qila olmas boşqaga faqat.Iymon, islom deya hayqirgay göyoFaqat unda bordir dinning taşvişi.Nazdida bir muslim aylasa xatoHaqorat qilmoqdan iborat işi.Isloh bölsin deya qilmas nasihat,Anglanmas sözlarga yöq erur bardoş.Toşlar ota boşlar qahr-la ğoyat,Otgani singari azozilga toş.Holbuki, iymonning egasi şul kas,Holbuki, beş mahal öqigay namoz.Bizlar zulm içinda şunçaki bir xas,Neçun bunday jahl fe’limizga xos?Otgan toşlaringiz emas behuda,Heç yöq, gunohimiz tökilgay tutday.Hayotu umringiz keçsin osuda,Har qanday yara ham bir kuni bitgay.Iymon solim qolsin, qalbga nur insin,Sabru şukur bersin Xudoyim, komil.Olamning ğavğosi bir kuni tinsin,Yuraklardan ketsin jami ğaşu ğil.Goho adaştirar sözlarning naqşi,Sözlar özimizdan uzoqqa kezar.Lek bir kun hammamiz örgansak yaxşi –Sözdan ötib qalbga solmoqni nazar.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.