Sevgi
Qiziqqon bir yigit, qalbi otaşin,
Qiziqqon bir yigit, qalbi otaşin,Işqqa edi tolib, işq istar edi.Goho safarlarda, goho xonaşin,Junun kelib ğolib, işq istar edi.Ammo hissiyotga qona olmasdanRostan muhabbatim bormi der edi.Sevmay yaşamoqqa köna olmasdanMen ham odammi deb taşviş yer edi.Bir kun ahli Haqqa uçradi nogoh,Qalbi yorişdiyu, ayladi faryod:“Ey olamu odam sirridan ogoh,Meni qayğulardan aylang siz ozod.Sevgiga ixlosim, iştiyoqim bor,Lek sevgim bormi, yöq – bilmayman hamon.Qaçon köngilda işq bölgay barqaror,Qaçon muhabbatdan örtanadi jon?”Vazmin javob qildi orifi billoh:“Dilingga muhabbat qilmişdir asar.Yöqsa, bu savolni tilingga AllohBalki solmas edi, heç yöq, bu safar.Bilsayding, işqda bor naqadar azob,Balki bölmas eding bu qadar muştoq.Mumkin emas işqni qilmoq iktisob,Işqni berguvçidir Xalloqu Razzoq.Eng avval çin işqning şartini bilgil –Şahvatu hirsdan pok erur mutlaqo.Agar zarra qadar hirs bölsa, kuygil,Işq deb öylaganing qazoyi balo.Xudo berganiga ayla qanoat,Özingda yöq holga tikaverma köz.Sukut quçoğida topginu rohat,Işqu iştiyoqdan aytaverma söz.Ammo muhabbatdan tajalliylar bor,Xasta köngil içra porlab qolgay goh.Uning nomi şafqat, rahmatdir, ey yor,Seni tiriklikdan aylagay ogoh.Masalan, bir tansiq luqmani olding,Oğzingga solişga çoğlanganing payt:Falonçi yesaydi deb turib qolding,Xayolingni şu öy qilib ketdi sayd .Dalolat qilgayki, odamsan hamon,Pokiza muhabbat nasimidir bu.Boşqaga qayğurib yaşar ekan jon,Demakki, dilingda bor ekan yoğdu”.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.