Til

Sevgi

Mast böl! Işqu muhabbat bodasidan sarmast böl,

Mast böl! Işqu muhabbat bodasidan sarmast böl,Qörqma ölimning dahşat töla közlaridan heç.Şahid labidan çiqqan ötli sönggi nafas böl,Qayğu daryolaridan şodon keç, baxtiyor keç!Ey otaşin muhabbat! Ey alangayi işq,Ey yuragi muzlagan vujudlarga begona!Ey yetti ming tomiri falaklarga qorişiq,Yetti qat yeru kökka siğmagan ey sarsona!Ey ruhsiz tanlar aro qolgan hayqiriq ruhi,Ey şiddati közlarni kör qilgan buroqi arş!Ey Nabiy jazbasining malakutiy şukuhi,Ey azal lavhi mahfuz uzra topgan parvariş!Kaysi köz arzigayki, sen aylasang tajallo,Qaysi qalb loyiqdirki, kuyib-örtansang magar?!Uzukdek koinotda balolarga mubtalo,Qilsang, sahroyi fano sari qilgaysan safar!Köz yum! Xoinlarning yuzlariga boqmagil,Quloq tutmagil soxta ohu vohlarga zinhor!Şayton malaylariga yoqma, mangu yoqmagil,Iblis dasturxonidan abadiyan ayla or!Tubanlar çangalida qolma, yuksal Haq sari,Johillarga inkişof isrof, sirlar isrofdir.Şubhakor qalbi körning inonçdan yöq xabari –Işq istagan Simurğ-u, manzili köhi Qofdir.Mast böl! Işqu muhabbat bodasidan sarmast böl,Aqlu kindan ayş istar oqillardan ket uzoq.Bölsang, faqat haqgöy böl, oşiqu işqparast böl,Qara, porlab turibdi Arş qandilida çiroq.Ilk qadaming tuşgan yer kimgadir çöqqi bölgay,Kezgan falaklaringdan neçun söz aytasan, ey?Seni izlab kelganning köziga böşliq tölgay,Sen esa yöqlikda yo şikasta naydasan, ey!Akrom MALIK

3 990marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.