Til

Hikmat

Ustoz rozi bölsa, uluğdir maqom,

Ustoz rozi bölsa, uluğdir maqom,Yeru kök aylagay ta’zimu tahsin.Lek ustoz ranjisa, baxt senga harom,Yeru kök boşingga qulaşi mumkin.Ustozin xorlagan, burgut bölsa ham,Qaro çohdan özga fazosi bölmas.Jaholat oğusin içgayu har dam,Bundan bölak azob, jazosi bölmas.Jannat bölganidek ilm jahonda,Qaro jaholatdir dunyo dözaxi.Ilmsizlar, biling, har vaqt, zamondaNuru yoruğlikni aylamas fahm.Kosangiz oqarmas, kulmas közingiz,Ösmagay uçmoqqa sizdan qanotlar.Har qadamda singay aytgan sözingiz,Ustoziga xoin, oq bölgan zotlar!..Akrom MALIK

3 970marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.