Til

Sevgi

Sensiz ötgan har onning ötişi maşaqqatdir,

Sensiz ötgan har onning ötişi maşaqqatdir,Sensiz tunda tonglarning otişi maşaqqatdir.Har daqiqa soatdek, soatlar kundek uzun,Kunlar haftadek göyo, haftalar oydek mahzun.Men vaqtning çözilmoğin sensiz qolganda bildim,Sabr ipin uzilmoğin sensiz qolganda bildim.Tuproqdek yerda yotgan toqatlarim toq böldi,Sabru bardoş atalgan röyolarim yöq böldi.Sen keladigan yöl ham bunçalar nozlanmasa,Hijron qölida köngil tori ham sozlanmasa.Sening közlaring tuşgan devorlar gulga öxşar,Sen bölmasang çamanlar sarğayib silga öxşar.Dardim davosisanmi, tongning sabosisanmi?!Muhabbatning gulzori, vafo ma’vosisanmi?!Kelsang, közim ğunçasi oçilgay şaffof bölib,Yuzingga termilarman vasfinga vassof bölib.Endi tutib bölmagay ötgan onlarni aslo,Közim ilğay olmagay kutgan onlarin hatto.Oylar haftadek çopqir, haftalar kundek tezob,Kunlar soatdek ötib, soat bir damdek şitob.Sen ketgaç, yana har on yilga aylanib olgay,Onlarning oyoqlari yerga boylanib qolgay.Sevgida hijron oğir, kutmoq – qiyini ekan,Bu işlar zolim vaqtning ğirrom öyini ekan.Akrom MALIK

4 920marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.