Til

Iymon

Nafsning hiylasidan aql dong qotgay,

Nafsning hiylasidan aql dong qotgay,Şayton ding poylagay pana-panada.Haqni anglay olmay fikru ong qotgay,Yolğon haq tusida öynar sahnada.Gunohlar evrilib tuhmat toşiga,Yoğilsa, taomi bölsa oğuli;Malomat qamçisi tuşsa boşigaVoy-dod gunohsizman degay doğuli.Bir valiy demişki: “Biror musibat,Yoki oğriq kelsa, nolişdan qörqdim.Çunki har bir azob Haqdandir, albat,Aybimga kafforat ekanin uqdim.Magar şukr etmasam, til borsa “dod”ga,Dardim davosidan yuz buriş bölgay.Senga yaxşilikni xohlagan ZotgaGöyo duşmanlaşiş, jang, uruş bölgay.Şul sabab, dardimni yutgayman içga,Robbim rahmatiga boqib muntazir.Umidim şuldirki, jurmimni keçgay,Afu mağfiratin aylagay hozir...”Holbuki, bu kunning ahvoli xarob,Holbuki, şukrona mudom faromuş.Baqo olamidan holimiz sörab,Bobolarning ruhi bölmişdir xomuş.Afv eting, bizlarni Yassaviy bobo,Afv eting, hazrati Sadruş şari’at.Nurli yuzingizga boqolmay hattoBarçamiz muflisu ğarqobi bid’at.Afv eting, bizlarni hazrat Navoiy,Keçiring, noloyiq avlodingizni.Xorlik kunji bölgay johillar joyi,Toki körmas ekan imdodingizni.Şayton aqllarni qilmiş zanjirband,Nafs erur har lahza dilning qotili.Zaharni yutdig-u göyo asal, qand,Vafo deb yovlarga ketdik sotilib.Nafsu şayton bağrin aylasak çok-çok,Közdan tavba durrin soçsak, qaniydi...Yolğizlik kişani qilmasdan halok,Uluğ suhbatlarga şoşsak, qaniydi...Akrom MALIK

3 530marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.