Hikmat
Savol böldi bir kun ustodga şunday:
Savol böldi bir kun ustodga şunday:“Bu olamda, ayting, baxtli qaysi zot?”Javob aytdi ustoz: “ Ravşandir kunday –Şukr-u rizo erur baxt hamda najot.Kimki har ne’matdan bölolsa şodon,Har ne sinov kelsa, mamnun boş egsa;Şubhasiz baxtlidir ana şu inson,Ne tong, boşi baxtdan köklarga yetsa!”Yana savol böldi:“Ustod, taşakkur,Afv eting bizlarni, biz –hadsiz, gustoh.Kimning közlarida topilmagay nur,Ya’ni baxtsiz bölib, atalgay gumroh?”Ustod aytdi: “Javob kunday ravşandir:Kimda şukur yöqdir va etgay isyon –Garçi hayot gözal, yoruğ gulşandir,Baxtiqaro qolgay ana şu inson”.Biroz sukut qilib, ustodi komilYana suxan etdi: “Şul erur subul.Ammo qaysi kimsa bölsaki ğofil,Bu sözni aylamas heç qaçon qabul”.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.