Iymon
Parça-parça bölib soçilgan edim,
Parça-parça bölib soçilgan edim,Zarra-zarra qilib yiğib kelyapsan.Özimni çaynadim, maydalab yedim,Qarşimdan men bölib çiqib kelyapsan.Olamni töldirgan oftobning nuriQalbning kulbasiga qilolmas duxul.Tark etsa odamni aql-u şuuri,Mastdek ğavğo solib, daydigay nuqul.Balki lablaridan çiqqan tovuşniQuloği tuymagay, idrok etmagay.Çangalida ezib ruh nomli quşni,Azob boisini anglab yetmagay.Içdan xoin nafsning isyoni behad,Taşdan şayton kelgay qöşinin tortib.Vujud qal’asida aql-u qalb faqatHayron qotib qolgay ruhni oğritib.Şunda yangrab nogoh imdod azoni,Ruhga xitob kelgay: “Takbiri qomat!”Göyo birdan tinib fitna tözoni,Qayta tuğilgaysan soğ-u salomat.Ohista qadamga tutgaysan quloq,Birdan tinçib qolgay taşdan hujumlar.Aql-u qalbni yuvib zangori buloq,Tongday gullay boşlar qoronğu tunlar.Falakdan nur soçib tuşgay tumonat –Malaklar qölida zanjirlar tutib.Yerni asta qoplab vazmin sukunat,Iblislar qöyilgay zanjirband etib.Endi faqat nafsning ğavğosi qoldi,Faqat nafs aylagay tuğyon beadab.Lek taşdan heç kömak kelmagan holdaNafsning sasi asta borgaydir pastlab.Lek yana ilohiy lutf borki, ajib,Nafsni sindirmoqqa berilgay qurol –Kun böyi “Yo Haq!” deb lazzatdan keçib,Röza bilan nafsni etgaysan poymol.Keça-kunduz bölgan hujumlar, valloh,Tinib, ruhing topgay orom-u sukun.Endi Haqdan sörab najot-u panoh,Uning madadini olişing mumkin.Parça-parça bölib soçilgan edim,Laxta-laxta yutdim keça-kunduz qon.Bağringni keng oçib, jilmayib kelding,Qalbimga nur ila kirding, Ramazon.Ey rahmat fursati, marhamat oyi,Mağfirat daryosi jöşgan Ramazon!Xasta köngillarning omonlik joyi,Ön ikki oy içra özingsan sulton!Şoh-u gadolarni ajratmaysan sen,Heç kimni quvmaysan huzuringdan heç.Barçaning kulbasin yoritgaysan teng,Ketmaysan heç kimdan izohsiz keçib.Istasa, qaysi bir, şörlik, notavon,Tavba eşigiga borgaysan boşlab.Yiğlasa, qaysi bir, jigar-bağri qon,Yarim yölda aslo ketmaysan taşlab.Keçir, ehtiroming etolmasam gar,Afv et bölolmasam şa’ningga loyiq.Ammo amin bölki, men qul, har safar,Senga ölar holda kelganman toyib...Robbim, Senga şukur, adadsiz şukur –Ğufronga çulğangan oyni bermişsan.Bandang öz holidan qilganda nufur,Poklan deb bu uluğ soyni bermişsan.Madad ber, nafsimdan bölayin ğolib,Madad ber, madading töxtatma bir on.Diydoringga bölib har lahza tolib,Qalbimga aylanib qolsaydi, Qur’on...Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.