Til

Vatan

Dunyoni qaytadan qurgan buyuk xalq!

Dunyoni qaytadan qurgan buyuk xalq!Haqni suyib Haqqa mudom suyuk xalq!Goh zulm-u zulmatdan bağri kuyuk xalq!Erk-u baxting bugun qölingda, bilgil,Iqbol-u istiqbol yölingda, bilgil!Sen konsan, içingda tugamas javhar,Sen tongsan, quyoşni tuqqan pok sahar,Sen bongsan, eslatgan haqni har safar,Qudrat-u himmatning bayroği senda,Mardlig-u sadoqat mayoği senda.Jahonni yoritgan aql-u donişing,Faqat ezgulikdir mangu xohişing,Qadaringdan yöqdir aslo nolişing,Butun iymon senda, e'tiqod senda,Haq sözga ehtirom, e'timod senda.Ildizlaring pokdir, asling pok erur,Valiylar yetişgan nasling pok erur,Vujuding pokiza, tarzing pok erur,Harom-u habisni rad etding zinhor,Şayton-u iblisni rad etding zinhor.Gohida xoinlar – qoni buzuqlar,Rözigor-u, xon-u, moni buzuqlar,Har ötgan lahzasi, oni buzuqlarOrtingdan xanjar ham urgani böldi,Tuz yeb, tuzliqqa tupurgani ham böldi.Ammo ölsang ham Sen, tik turib ölding,Duşmanga öq otib, tiğ urib ölding,Jasorat ne erur – uqtirib ölding,Zotan, bu ölimmas, tirilmoq edi,Mangu izzatlarga öralmoq edi.Xorazmiy özingsan, Farobiy özing,Jaloliddin özing, Tarobiy özing,Osmoniy özingsan, turobiy özing,Ibni Sino özing, sensan Farğoniy,Buxoriy özingsan, sen – Marğiloniy!Şoşiy özingdirsan, Nasafiy sensan,Termiziy – valiylar nafasi sensan!Nuhning sevganisan – Yofasi sensan,Özing Samarqandiy, sen – Moturidiy,Jahriy darveşlarning işqi, surudi!Jahonning xojasi sendadir, senda,Yetti pir – har biri bir kökka teng-da!Göyo yetti falak yotib bağringda,Bahouddin özing, Naqşband özing,Alouddin özing – jannat har izing.Temurni tebratga beşik seniki,Alini Şer qilgan eşik seniki,Çöqqi ham, daryo ham, keçik seniki,Bobur özingdirsan – Hindga nur bergan,Ali Quşçi özing – kökdan dur tergan.Şohrux Mirzo özing, Uluğbek özing,Özing şoh, özing xon, buyuk bek özing,Tarixga hamişga imzo çek, özing,Şayboniy ham sensan, Ubaydulloh xon,Abdulloh xondirsan, Imomqulixon!Çindan Kaspiy qadar davr surgan ul,Qipçoqdan Hind qadar hukmi yurgan ul,Muazzam Buxoro – davlat qurgan ul,Hazrat Subhonquli – buyuk şohdirsan,Yetti kök-u yerdan sen ogohdirsan.Maşrab özingdirsan, Huvaydo özing,Söfi Ollohyorsan – karomat – sözing.Bosib çahoryorlar muborak izin –Şohmurod sendirsan – avliyo podşoh,Taxti arşda bölgan ahli zikrulloh.Duşman boşin kesgan Nasrulloh sensan,Bu çoğli jur'atda Temurga tengsan!Gohida ğanimni muzaffar yengsang,Goho mağlub bölgan ğolibsan özing,Şarafli ölimga tolibsan özing!Bosmaçi nom olgan şiddatkor ruhsan,Mardlarga hamişa madadkor ruhsan.Heç qaçon sönmagan toza şukuhsan,Amir Olimxonim, Isfandiyorim,Xoinlar qölida qolgan diyorim!..Qizil iblis seni yengolmadi – rost,Iymoningni aslo egolmadi – rost,Boşingni tik tutding ajdodingga xos,Istiqlol qölingga qaytdi, nihoyat,Haqiqat öz sözin aytdi, nihoyat.Davlatga hamişa sodiq bölgan xalq!Da'vatga hamişa sodiq bölgan xalq!Qalbi sadoqatga lim-lim tölgan xalq!Sobit tur, özingni unutma aslo,Yovdan rahm-u şafqat heç kutma, aslo!Davlating – poyidor, poyi mustahkam,Öqlari nişonda, yoyi mustahkam!Har bir masnad mahkam, joyi mustahkam,Xoinlar söziga aldanma zinhor,Davlat soyasida bölgil barqaror!Sodiq öğlon elga, yurtga boş bölsa,Tun – oydin, kunduzing serquyoş bölsa,Dilda – Haq, tilda – Haq, közda yoş bölsa,Bu uluğ toleni his etmoğing şart,Toki qayta körma qullik degan dard!Qalbingga Xudoyim berib tursin nur,Seni tark etmasin nurafşon şuur!Toki Haq etarkan quyoşday zuhur,Talotum zamonda qolgaysan omon,Hatto şarafingda yorişgay jahon!Dunyoni qaytadan qurgan buyuk xalq!Haqni suyib, Haqqa mudom suyuk xalq!Zulm-u zulmatlardan bağri kuyuk xalq!Boşing baland bölsin, qadding tik bölsin!Idroking uyğoq-u, qalb tiirik bölsin!Xudo seni etsin mudom salomat,Faqat pastkaş qilgay seni malomat.Har işing poklikka qilsin dalolat,Omon böl hamişa, azim, ey ölka!Senga dunyo etsin ta'zim, ey ölka!Akrom MALIK

3 650marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.