Iymon
Bu olamning işini önglamoq mumkin emas,
Bu olamning işini önglamoq mumkin emas,Heç odamning işini önglamoq mumkin emas.Bir yoğini butlasang, boşqa taraf darz ketar,Sirlarning sinoatin anglamoq mumkin emas.Ya’ni banda heç işning sohib-u şohi emas,Banda boşqa bandaning puştipanohi emas.Öz işini ba’zida köra olmagay inson,Şunday ekan, odamzod dilning guvohi emas.Zolimlar zulm uzradir, mazlumlarda çora yöq,Zulm qiliçi çopsa, mahkumlarda çora yöq.Oh-u nolang qalbingga yagona döst-u yordir,Özingga sirdoş bölur sen kabi ovora yöq.Bir taraf tomoşabin, bir taraf befarq-u jim,Bir taraf malomatgöy – aybing aytgay betinim.Kimgadir ozordirsan, kimgadir xor-zordirsan,Ta’na-daşnom quşlari tanangdan izlar qönim.Senga tiğ sançganga ham tiğ sançging kelmas hatto,Sirdoşman deganga ham dil oçging kelmas hatto.Dunyoning holin körib, mehrning uvolin körib,Boringni içga yutib, heç toşging kelmas hatto.Tirigingga otilgan toşlarga qarab mahzun,Öligingni yelkalab ketiş istaysan bir kun.To janozangga kelib tobuting oğiridanOdamlarning yelkasi oğrib qolmasin uçun.Yuzingga kulib turib, ortingdan ğiybat soçar,Boşingga sinov kelsa, ortga qaramay qoçar.Na döstlik, na yovlikning uddasidan çiqolmaySoyangga qarab yurib, kafaningni ham biçar.Koşki, sen bölmasang-u, kelsa boğ-u bahorlar,Tunning zulmati ketib, kulsa tong-u nahorlar.Tikan gulga evrilib, zahar asalga dönsa,Nişlar nöşga aylanib, nurga tölsa saharlar!Pajmurda tanang, afsus, bu olamga siğmagay,Ofatlar çodirini boşingdan heç yiğmagay.Toşlar yoğar, döl yoğar, közingdan közyoş yoğar,Lek yanglişib bir marta pokiza işq yoğmagay.Dunyoning xarobligi közimga ravşan böldi,Ğam-u qayğu gulidan hayotim gulşan böldi.Inson tilin insonlar anglamasligin bilib,Til lol-u, aql hayron, xotir parişon böldi.Heç dilni vayron qilmay yaşamoq maqsadimdir,Anduh-u andişalar muztarib masnadimdir.Ğaflat-u jaholatning suvratin qarşisidaÖz holimga köz solib, har işim hasratimdir.Dunyoni obod qilmoq imkonsiz iş ekan – haq,Muhabbatning gulzori – bir şirin tuş ekan – haq.Oxiratning hovlisin farovon etolsam, bas,Ruh – tanaga qamalgan ğamzada quş ekan, haq!Senga yuzlandim, Xudo, sensiz yolğizman, baxtsiz,Sen yordam bermasang gar, va’dasizman va ahdsiz.Zikringni rizqim ayla, toatingga quvvat ber,Senga maqtovlar bölsin, hamd-u sano adadsiz!Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.