Sevgi
Goho meni qattiq soğinib,
Goho meni qattiq soğinib,Goho sira keçirolmaysan.Xotirjam böl: meni bir umrXotirangdan öçirolmaysan.Topolmaysan men kabi yaxşiVa yöq erur yomon men kabi.Sirlar içra titraysan qaqşab,His etasan özingni sabiy.Qayga borsang, çarçaysan, erkam,Men haqimda xayollar surib.Goho desang bunçalar körkam,Goho deysan: “Bunça sovuq turq!”Siymoyimni haydab quvasan,Tirişasan bölmoqqa xoli.Suvratimni qança suvasang,Siyratimga şunça sen tolib.Fursat keldi: seni qiynaganBir savolga bergayman javob.Çalği, mayli, kulgin, öynagin,Ammo holing, bilaman, xarob.Bilib qöyki: sen olis bir tuş,Göyo sarob, bamisli röyo.Axir, menman mudom ozod quş,Unutganman seni mutlaqo.Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.