Til

Iymon

Ey, qalbning lisonidan bexabar inson,

Ey, qalbning lisonidan bexabar inson,Yurakning urişin baxt deb bilgan zot.Dunyo zulmatidan köngil qora qon,Robbim izn bersa, qoqsamu qanot,Uçardim qaytmagay bölib heç qaçon.Qörquv çangalida olganing nafasQabr quçoğidan oğir va tiyra.Tuşun, axir, maqsad yaşamoq emas,Olam qafasida qumridek sayrab!Yuzim yoruğ holda jonim bersam, bas...Sahroga qoçsammi? Yoxud sassiz, gungQoyalar bağridan izlaymi panoh?Sözini takrorlab tong, şom, kunu tun,Kök köksiga boşim qöyib xayrixohNasimlar şivirin tinglaymi sokin?Şuuring töldirgan ğamlarni, keçir,Mening qayğularim begona bildi.Zotan, orzularing yaşaşga öçdir,Mening orzularim qölimda öldi,Qaddim bukib qöygan oxirat köçi...Jahon işlariga, ma’zur tut, yoron,Fikru xayolimni etolmayman sarf.To Uning qoşiga borgunça nolonVa hukmi ostida tortgunimça safPoklanib olmoqqa şoşilmoqda jon...Holbuki, vujudim zabt aylab, hayhot,Umrimni xarj etar beşafqat za’fim.Robbim izn bersa, qoqsamu qanot,Vuslatdan şodlanib şikasta qalbimBoşlansa vaslda abadiy hayot.Senga ayon, axir, har neki, sirim,Qoşingda tuproqman, tuproqdan tuban.Qalb siniq. Köz yoşli. Sözlarim yarim,Özingga boryapman titrab qörquvdan,Karam qil qulingga, Allohu Karim!Akrom MALIK8 yanvar, 2021 yil.

2 410marta körilgan

Izohlar

    Boşqa şe’rlar

    Saytga kiriş

    Reaksiya qoldiriş, izoh yoziş va sozlamalarni saqlaş uçun kiring.

    Davom etib, siz foydalanuvçi kelişuvi va maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.