Sevgi
Seni eslamagan kunim yöq mening,
Seni eslamagan kunim yöq mening,Seni öylamagan tunim yöq mening.Seni eslamasdan ötmaydi onlar,Sen eslamasdan otmaydi tonglar.Poyingga boş qöyib yotaman goho,Tubsiz xayollarga botaman goho.Balki eslagaysan meni har kuni,Qayda ekan deya bağri tutunim…Qoşingga boraymi, çaqirmasang ham?!Balki borişimni yoqtirmasang ham?..Har kun xatlar yozib öçirib, yirtdim,Har kuni ming bora nomingni tutdim.Qanday qilsam sening köngling topaman?Senga boradigan yölni topaman?!Balki eslamassan meni unutding,Balki mendan kimdir köngling sovutdi.Menga boqmasang gar qanday çoram bor?..Ammo sendan bölak qanday yorim bor?!..Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.