Iymon
Goho ğofil böldim, goho huşim yor,
Goho ğofil böldim, goho huşim yor,Goho sodiq bölsa, gohida şum yor.Senga böyin sunmoq, Senga egilmoq –Şuldir hayotimda tanho işim, Yor.Yorim Özingdirsan, mehribon Robbim!Borim Özingdirsan, mehribon Robbim!Sening eşigingda yurgan itingman,Rahmatingga taşna men nolon, Robbim!Goho nafsga oğdim, yölimdan ozdim,Goho bilib turib tikanni bosdim!..Heç qaçon heç kimga çohlar qazmadim,Agar qazsam, faqat özimga qazdim.Ozor istamadim biror jonga heç,Na daraxt, na inson, na hayvonga – heç!Agar xato qilsam, xatoyim, yo Rab,Muhabbat tufayli böldi, Özing keç!..Jonimda nafsimning turfa janglari,Sözimda oğriqning turfa ranglari.Qalbim qoraygandir ma’siyyatimdan,Lek unda bölmagan hasad zanglari.Goho issiq kelsa, yelpindim, Robbim,Goho sovuq kelsa, tepindim, Robbim.Qay holda, qay joyda bölsa ham faqatSening döstlaringga talpindim, Robbim.Senga qul bölmoqdir – yagona qasdim,Şu xayol, şu öy-la ulğaydim, ösdim.Bergan qismatingga roziman mutlaq,Boşqaning xoniga çözilmas dastim.Bilib-bilmay sevdim banda zotini,Oqibat, bu sevgi berdi dodimni.Vafosiz jafokor juhhol içindaHatto unutgandim nasab, otimni.Alarning ozori ketmadi hamon,Aççiq yaralari bitmadi hamon.Ehtimol, doridir barça iztirob,Demak, xastaligim ketmadi hamon.Ul çoğlar yuragim qizğin çöğ edi,Ahbob-u yorlardan köngil töq edi.Köksimga xanjarlar sançganda, bildim –Sevişimdan bölak aybim yöq edi.Sening amring – qoyim, taqiqing – sobit,Unga mukallafdir oşiq-u obid.Soğ-u solimlarning böynida zanjir,Illo jinnilarda gardandan soqit.Sensiz özni qanday gunohdan saqlay?!Tuproqqa kömildim, axir, tiriklay...Qullarning közi kör, hammasi johil,Sendan bölak kimga özimni oqlay?Har kimga tavbadan, yo Rab, ber ne’mat,Yöq erur mağfirat, rahmatingda had.Izzatingga közda yoş-la yuzlanib,Bu quling holidan aylar şikoyat.Toating yölida saqla deb abad,Sendan sörganimdir – Senga muhabbat...Garçi boşdan-oyoq qora bölsam ham,Mazlum qul duosin ayla ijobat!..Akrom MALIK
Izohlar
Hali izoh yöq. Birinçi bölib fikr bildiring.